Чувство выздоровления — одно из самых сладостных.Пушкин А. С.
Saralash uchun quyidagi maydonlarni to`ldiring
  • 1. Kasalxona  (statsionar)  2019 yil 28 dekabrdan 2020 yil 10 yanvargacha yopiladi.
    Statsionar ochilishi - 2020 yil 11 yanvar.

    2. Oila va nikox maslaxatxonasi  (poliklinika)  2019 yil 30 dekabrdan 2020 yil 5 yanvargacha yopiladi.
    Poliklinikaning ochilishi - 2020 yil 6 yanvar.

  • Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining milliy ekspertlari bo'lgan RIAGIATM  mutaxassislari Aliyeva D.A., Fayziraxmanova M.M., Salixodjaeva G.R., Isamova U., Oltieva M.  2019 yil 11-13 dekabr kunlari bachadon bo'yni saratonining oldini olish uchun ommaviy skrining tashkil etish bo'yicha  loyiha ishchi guruhining ishida ishtirok etdilar. 

  • 7-dekabr 2019 yil  RIAGIATM da, O'zbekiston-Turkiya tibbiyot forumining Salomatlik haftaligi doirasida turk shifokorlari ginekologik jarroxlik amaliyotlarining haftaligini yakunladilar. 2019 yil 1-dekabrdan boshlab ular zamonaviy usul va uskunalar yordamida markazimizning tajribali, yuqori malakali, eng yaxshi ginekologlari A.K.Shomirov, X.A.Rafikova, A.B.Saparov, S.I.Klichev, A.A.To'xtabayev , B.R.Maxkamova, F.K.Miraliyev bilan birgalikda 20 ga yaqin yuqori texnologiyali jarroxlik amaliyotlarini o'tkazishdi. Bravo!

  • 2019 yil 3 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi va Turkiya sog'liqni saqlash vazirlari tomonidan  O'zbekiston-Turkiya tibbiyot forumida hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi. Forumda 250 nafar Turkiya delegatsiyasi vakillari ishtirok etishdi. Shu bilan bir qatorda ikkala mamlakatning klinikalari va tibbiy markazlari o'rtasida hamkorlik protokollari imzolandi. Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi v.v.b. direktori K.D.Mikirtichev  Ankara City Hospital bilan hamkorlik to'g'risida protokol imzoladi.

  •  

    Diqqat! 2019 yil 3-dekabrdan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o`rin kunlari, shuningdek klinik va bioximik laborator tadqiqotlar narxlari pasaygani haqida e'lon qiladi.

    Pullik xizmat narxlari

  • 2019 yil 1-dekabr kuni Turkiyadan kelgan ginekologlar jamoasi, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining eng yaxshi jarrohlari, ginekologlari jamoasi bilan birgalikda ginekologik operatsiyalarni o`tkazishdi.

    Qadrli ayollar! Shoshiling! Agar Sizda  jarroxlikka ko'rsatma mavjud bo`lsa 7 - dekabrgacha markaz yuqori malakali xodimlari va turk mutaxassislari ishtirokida bu amaliyotni amalga oshirishingiz mumkin!

DAVLAT BAYROG‘I

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

DAVLAT GERBI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

DAVLAT MADHIYASI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.

Manbaa

Murojaat uchun:

  • Manzil: 100124, Toshkent, Mirzo-Ulug`bek tumani, Mirzo-Ulug`bek ko`chasi, 132-a uy (Mo`ljal: Tramvay deposi)
  • Tel: 263-78-33(21)
  • Tel/faks: (371) 263-84-83
  • Е-mail: info@uzaig.uz