Специальные возможности
OilyTheme

O‘zbekiston – Татарстан Salomatlik kunlari

10-20 noyabr 2023 yil Jizzax/Ozbekiston

   Jizzax viloyati Zomin tumanida mazkur aksiya yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

   Unda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bositxonova Elmira Irkinovna va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi v.v.b. direktori Nadirxanova Natalya Suratovna hamda Qozon 7-shahar klinik shifoxonasi 2-ginekologiya bo‘limi mudiri Minnullina Farida Foatovna,  Qozon 7-shahar klinik shifoxonasi akusher-ginekologi  Nugumanov Bulat Vilyamovich, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali v.v.b. direktori Shodmonov Nuriddin Malikovich  ishtirok etishdi.

   Tadbir doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali hamda viloyatlarda barpo etilayotgan zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi boshqaruv tizimida tataristonlik malakali mutaxassislar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, viloyat sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘inlarida mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari uchun Tataristonning nufuzli klinikalarida qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar va malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

   O‘z navbatida, tataristonlik mutaxassislar ishtirokida kelgusida ham yurtimiz tibbiyot muassasalarida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish yuzasidan aniq rejalar belgilab olindi.

Полезные ссылки