Специальные возможности
OilyTheme

Kasbiy bayram sharafiga mukofotlar

"O'zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirishda qo' shgan hissasi uchun" ko'krak nishonining navbatdagi taqdimoti bo'lib o'tdi.

2023 – yil 12-noyabr - "Tibbiyot xodimlari kuni "da "Akfa Medline" ko'p tarmoqli klinikasining konferensiya zalida Respublika tibbiyot turizmi assotsiatsiyasi tomonidan ta'sis etilgan 2021 yildagi O'zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirishda qo'shgan hissasi uchun, faxriy ko'krak nishonining navbatdagi (uchinchi) taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tantanali marosimni tibbiy turizm assotsiatsiyasi raisi A. F. Shukurov ochdi, u barcha yig'ilganlarni "Tibbiyot xodimlari kuni" kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi, so'ngra mamlakatimiz sog'liqni saqlash holati, muammolari va istiqbollari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan O'zbekistonning tibbiy xizmatlarning sifati va assortimenti bo'yicha jahon yetakchilari guruhga jadal kirib borishi yuzasidan qo'yilgan vazifalarni hal etishda tibbiyotning xususiy sektorining roliga e'tibor qaratdi. Tibbiy turizm Assotsiatsiyasining joriy yildagi roli, vazifalari va yutuqlari alohida qayd etildi. 

So`ngra tantanali va bayramona muhitda ko'krak nishonlari topshirildi. 2023 yilda 500 dan ortiq nomzodlardan iborat maxsus komissiya tomonidan tanlangan mamlakatning turli mintaqalaridagi davlat va xususiy tibbiyot muassasalarining 50 nafar rahbari va mutaxassislari faxriy ko'krak nishoniga ega bo'lishdi.

Xalqaro tibbiyot turizmi bo'limi boshlig'i L.A. Umirzakov "RIOBSIATM" DM ko'krak nishoni nomzodi bo'ldi. Shuningdek, Markaz mutaxassisi D.A. Shomirovning xorijiy mamlakatlardan kelgan bemorlarni sog'lomlashtirishga hissa qo'shgan va o'zining munosib mukofotini olgan roli qayd etildi.

Taqdirlash marosimi mukofotlangan shaxslar va Assotsiatsiya kengashi a'zolarining ommaviy fotosessiyasi bilan yakunlandi.

Полезные ссылки