Специальные возможности
OilyTheme

Toshkentda «Хalqaro sherikchilik haftaligi»

So'nggi yillarda, tub islohotlar davrida mamlakatimizda xalq salomatligini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri bo'lib qoldi. O'tgan yillar davomida ushbu yo'nalishda keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi, xorijiy yutuqlar o'rganildi, yetarlicha tajriba to'plandi. Aholiga sifatli va malakali tibbiy xizmatlar ko'rsatish, jamiyatda sog'lom turmush tarzining keng qaror topishi, yangi O'zbekistonning kelgusi yillarga mo'ljallangan rivojlanish strategiyasining eng muhim yo'nalishlari sifatida belgilandi.

Vaqt o'tishi bilan xorijiy mutaxassislar bilan mustahkam hamkorlik o'rnatib va ularning tajribasidan foydalanish natijasida tobora ko'proq yangi sharoit va imkoniyatlar paydo bo'lmoqda, bizning shifokorlarimiz ilgari chet elda amalga oshirilgan qimmat operatsiyalarni amalga oshirmoqdalar, bu albatta katta yutuq. Axir, bitta odamni davolash, sog'lig'ini tiklash, hayot quvonchini qaytarish butun oilaning baxtini, kelajagini ta'minlaydi.

Shunday qilib, ushbu yo'nalishda qo'yilgan vazifalarni amalga oshirishni mantiqiy davom ettirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 3 iyul kuni Toshkentda «Хalqaro sherikchilik haftaligi» o'z ishini boshladi, bu nafaqat tibbiyot sohasidagi ko'p tomonlama o'zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga, balki tibbiy turizm va innovatsion texnologiyalarning so'nggi tendensiyalari bilan ham tanishishga imkon beradi.

«RIAGIATM» davlat muassasasi mutaxassislari ham ushbu xalqaro tadbir ishida bevosita faol ishtirok etdilar - 3 iyul kuni Yalpi majlisda, 4 iyul kuni Milliy konferentsiyada va 5 iyul kuni seksiya yig'ilishlarida ular akusherlik, ginekologiya va neonatologiyaning dolzarb masalalarini xorijiy hamkasblari bilan muhokama qilib, o'z tajribalari bilan almashishdilar. Tadbirlarda kelgusida qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 

Полезные ссылки