Bugungi kunda ikki qardosh respublika, yaqin qo'shnilar – O'zbekiston va Qozog'iston hayotning deyarli barcha sohalarida do'stlik, sheriklik va hamkorlikning 30 yillik yo’lini bosib o'tdi.
Mustaqil rivojlanish yillarida O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hurmat, ishonch va o'zaro manfaatli sheriklik ruhida rivojlandi. Mamlakatlarimiz hech qanday hal qilib bo'lmaydigan kelishmovchiliklarga duch kelmagan. Bizni Markaziy Osiyodagi eng uzun chegara bog'laydi, uni haqli ravishda do'stlik chegarasi deb atash mumkin.
Qadim zamonlardan beri xalqlarimiz bir-birini qo'llab-quvvatlab, tinchlik va hamjihatlikda yashab kelmoqdalar. Bizni umumiy chegara, tarix, yagona ildizga ega tillar, din, madaniy qadriyatlar, urf-odatlar birlashtiradi. Ushbu asoslarga suyangan holda, biz o'zaro hamkorlikning keng doirasida misli ko'rilmagan cho'qqilarni zabt etdik.
Oxirgi o`ttiz yilda mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar strategik sheriklikning sifat jihatidan yangi darajasiga ko'tarilib, davlatlararo hamkorlikning namunasiga aylandi. Albatta, bularning barchasi mamlakatlarimiz rahbarlarining sa'y-harakatlari tufayli amalga oshdi.
Bugungi kunda respublikalarimiz tibbiyot sohasida ikki tomonlama o'zaro manfaatli hamkorlik olib bormoqda va, albatta, ikki mamlakat xalqlarining salomatligi uchun o'rnatilgan aloqalarni har tomonlama mustahkamlash va rivojlantirishga harakat qilinmoqda. Xususan, joriy yilning mart oyida O'zR SSV "RIAGIATM" davlat muasassasi va "AGPIM" AJ (Qozog’iston) o'rtasida "O'zaro hamkorlik to'g'risida Memorandum" imzolandi, ushbu memorandum akusherlik va ginekologiyada fan, kadrlar tayyorlash, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, amaliy tajriba almashish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish sohasidagi keng ko'lamli munosabatlarni nazarda tutadi.
Shunday qilib, imzolangan ikki tomonlama bitimning amaliy chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida joriy 2023 yil 12-15 iyul kunlari " RIAGIATM " davlat muassasasiga "AGPIM" AJ rahbariyatining tashrifi bo'lib o'tdi, unda akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi, ikki tibbiyot muassasasi o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, akusherlik va ginekologiyada innovatsiyalarni joriy etish yo'llari muhokama qilindi. Kun tartibidagi boshqa muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi va ularni amalga oshirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqildi.