RIA va GITM AJ tizimida 2 ta ginekologiya bo‘limi mavjud.
I ginekologiya bo`limi
Operativ ginekologiya bolimi. (CS-I)
Bo`lim binoning 6-chi qavatida joylashgan, 25 o`rin uchun mo'ljallangan. 2 hashamatli palatasi bo`lib o`z xammomi va xojatxonasi bor. 1chi-palata izolyator. 4 ta umumiy palatasi bo`lib bu palatalarda xam xojatxonalar bor. Har bir palata funksional yotoqlar, rangli televizor va barcha zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Bo`limda ikkita ko`rish xonasi, uchta operatsiya xonasi va bitta kichik operatsiya xonasi bor.
Ko`rsatiladigan xizmatlar: gisteroskopiya- Karl Storz firmasi uskunalaridan foydalanilgan xolda amalga oshiriladi. Laparoskopik operatsiyon xonalar xam Karl Storz firmasi uskunalari bilan jihozlangan. Bu uskunalar yordamida markazda yuqori texnologiyali operatsiyalar amalga oshiriladi. Bundan tashqari bo`limda laparotom yo`l bilan barcha ginekologik operatsiyalar amalga oshiriladi. Bo`limda 3 nafar oliy toifali shifokorlar xizmat ko`rsatadi. Bo`lim boshlig'i –tibbiyot fanlari nomzodi Shomirov Abduhamid Kuchkarovich, shifokorlar - Sidikova Larisa Dmitriyevna va Murdahaev Sergey Lazarevich.
II ginekologiya bo`limi
Bo`lim boshlig`i: Raxmonov Uzgenboy Mansurovich, tibbiyot fanlari nomzodi, yuqori malakali shifokor, akusherlik va ginekologiya soxasida 25 yillik tajribaga ega. Ilmiy raxbari: Irgasheva Sevara Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori, Markazning etakchi ilmiy xodimi, ginekolog endokrinolog.
Bo`limda oliy toifali shifokorlar, malakali xamshiralar va kichik tibbiy xodimlar faoliyat olib boradilar.
Bo`limda 1 va 2 kishilik yuqori qulayliklarga ega bo`lgan, davolovchi xonalar mavjud. Ginekologik bemorlarga tashxis qo`yish va ularni davolashda zamonaviy yuqori texnologik uskunalardan foydalaniladi.
Bo`limda bepushtlik, xomila tushishi, jinsiy a’zolarning yallig`lanishi diagnostikasi va davolash, xamda jarroxlikka tayorlash, jarroxlikdan keyingi reabilitatsiya olib boriladi. Ginekologik xastalangan o`smir qizlar uchun davolash xonalari mavjud. Kichik jarroxliklar, diagnostik va davolash jarroxliklariga mo`ljallangan kichik operatsiya xonasi mavjud.
Bo`limning asosiy ilmiy yo`nalishi: metabolik buzilishlar profilaktikasi va davosi, surunkali tuxumdon disfunksional buzilishlari bor ayollardagi metabolik o`zgarishlari profilaktikasi va davolash ishlari bilan shug`ullanadi.