Mazkur vaqtda maslaxatxonamizda kuniga 250 nafar, yil davomida 68 000-74 000 mingacha bemorlar qabul kilinadi. Maslaxatxonada oliy toifali shifokorlar, tibbiyot fanlari nomzodi, tibbiyot fanlari doktorlari, proffesorlar yuqori professional va zamonaviy talablarga mos darajada bemorlarga tashxis qo`yib davolash usullarini tavsiya qilishmoqda.
Mazkur vaqtda RIAvaGIATM va maslaxatxona O`zbekistonda yagona va asosiy ilmiy-amaliy va xalkaro sertifikatlar bilan tasdiqlangan yangi texnologiya yaratuvchi markaz bo`lib kelmoqda.
Maslaxatxonada faoliyat yuritayotkan bir necha shifokorlar Yevropa, Rossiya, Turkiya va Osiyo davlatlarning taniqli markazlarida malakasini oshirib va ularning ilmiy fondlarining ma’ruzachisi sifatida ish yuritishadi. Maslaxatxonada barcha tashxis qo`yish, davolash va kasallikni oldini olish usullari tibbiyotning zamonaviy isbotlangan ilmiy asoslarga mos va quyidagi yo`nalishlar bo`yicha ilmiy grantlar bo`yicha olib boriladi: