RIA va GITM «AJ» tizimida 2 ta tug‘ruq bo‘limi mavjud. Bo‘limlar Markaz klinikasi binosining (asosiy bino) 1-, 2- va 3- qavatlarida joylashgan. Bu bo‘limlarning xar birida bexatar onalik talablariga javob beradigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 11 tadan tug‘ruq zali faoliyat ko‘rsatmoqda. Tug‘ruq zallari va jarroxlik xonalarining zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanganligi ayollarga, hamda chaqaloqlarga yuqori malakali shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi. Tug‘ruqdan keyingi bo‘limlarda uy sharoitiga moslashtirilgan 1 va 2 o‘rinli xonalar bir vaqtning o‘zida 50 kishiga xizmat ko‘rsatadi.
Tug‘ruq bo‘limlarining 90 dan ortiq tajribali va yuqori malakali xodimlari kechayu kunduz sizning xizmatingizga tayyor.
Xodimlarning asosiy qismini tibbiyot fanlari nomzodlari, hamda oliy va 1- toifali shifokorlar tashkil etadi.