RIA va GITM «AJ» tizimida 2 ta chaqaloqlar bo`limi mavjud. Bo‘limda chaqaloqlarga oliy darajada tibbiy yordam ko‘rsatish, onalarga chaqaloq parvarishi, ko‘krak suti bilan emizish, ona suti targ‘ibot ishlarini olib boriladi.
Bo‘lim vazifalari:
1.Tug‘ruq va operatsiya xonalarida oliy darajada zamonaviy tibbiy yordam va jonlantirish amallarini ko‘rsatish.
2.Birlamchi jonlantirish amallarini o‘tkazish bolalarni intensiv xonada kuzatish.
3.Bolalarda moslashish davrini buzilishini erta aniqlash.
4.Chaqaloqlarda tug‘ma nuqsonlarni erta aniqlash va shoshilinch yordam ko‘rsatish.
5.Onalarga bola parvarishi, emizish qoidalari, ko‘krak suti targ‘iboti. Bolada xafvli kechinmalar paydo bo‘ladigan holatlarni onalarga tshuntirish ishlarini olib borish. Emlash va neonatal skriniy amallarni o‘tkaziladi.
Akusher-ginekolog shifokorlari bilan birgalikda, homiladorlik patologiyasi og‘ir kechadigan ayollarni tug‘ruqqa tayyorlash ishlarini olib borish.
Bo‘lim yangi zamonaviy tibbiy asbob va uskunalar:
Kuvezlar, foto terapiya lampasi infuzamatlar, taroz bilan ta’minlangan. «RIAvaGIATM» AJ Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi dasturi va texnologiyalarini tadbiq etuvchi jamiyat bo‘lib hisoblanadi.
- Bolaga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lish.
- Ko‘krak suti bilan boqishni o‘rgatish yo‘nalishlari kiradi.