Xalqaro bo’lim faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardir:
Markazning, Respublikamizdagi boshqa tibbiyot muassasalari va ularning xalqaro munosabatlarni amalga oshiruvchi hamda ayni maqsad va vazifalarga ega bo’lgan bo’limlari bilan umumiy vazifalarni bajarishda o‘zaro manfaatli hamkorlik va hamjihatlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
Markaz maqsad va vazifalariga mos bo’lgan xorijiy va xalqaro tuzilmalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ularning tibbiyot sohasida faoliyatni tashkil etish tajribasini o‘rganish. Bunda, o'zaro hamkorlikning shakllari sifatida kelishuv memorandumlari, hamkorlik shartnomalari, o'zaro aloqalarning yillik rejalarini imzolashni qabul etish mumkin.
Tibbiyot sohasida ta’lim va tajriba almashinish bo‘yicha xorijiy tashkilot va tuzilmalar bilan xalqaro aloqalarni muvofiqlashtirish, hamda amaliy ko'nikmalarni egallashda va kasbiy mahorat darajasini oshirishda har tomonlama ko’maklashish;
Akusherlik va ginekologiya sohasida xorijiy tajribani O‘zbekistonda joriy etish va bosqichma bosqich qo’llash bo‘yicha zarur taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish;
Zarur takliflar ishlab chiqib, ular asosida respublikada tibbiy turizmni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni aholiga taqdim etish;
Markaz rahbariyatining xorijiy davlatlar va xalqaro tuzilmalar vakillari bilan uchrashuvlarini tashkil etishda axborot va ma’lumotnomalarni, zarur hollarda tahliliy materiallarni tayyorlash;
Markaz rahbariyatining xorijiy davlatlar va xalqaro tuzilmalar vakillari bilan uchrashuvlarini tashkil etishda hamda xorijy tashriflar oldidan axborot va tahliliy ma’lumot materiallarini tayyorlash va taqdim etish;
Markazning hududiy bo‘linmalariga (filiallariga), maqsad va vazifalari ayni bo’lgan xorijiy va xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda zarur amaliy yordam ko‘rsatish.
Kontaktlar:
Email: in_dep@uzaig.uz
Tel.: +(99871) 263-78-49