Специальные возможности

Tibbiy turizm

Tibbiy turizm - bu yashash hududidan tashqarida rejalashtirilgan tibbiy xizmatlardan foydalanish, chet elda dam olishni yuqori malakali tibbiy yordam olish bilan birgalikda uyg’unlashtirish amaliyotidir.
“Tibbiy turizm” atamasi xx asrning 80-yillari oxirida lug’atimizga kirib kelgan. Uning paydo bo'lishiga globallashuv, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va umumiy sog'liqni saqlash xarajatlarining o'sishi sabab bo’ldi.
Bugungi kunda sanatoriy va kurortlarda davolash muolajalarini olish bilan bir qatorda, davolanish maqsadida turistik paketlardan foydalanish, yani tibbiy turizmdan foydalanish tobora urf bo’lib bormoqda va yo’nalishning rivojlanishi kutilmoqda. Chunki bu yo’nalish turli yirik tibbiyot muassasalari va markazlarida ayrim kasalliklarni bevosita jarrohlik yo‘li bilan davolashni nazarda tutadi.
Tibbiy turizm rivojlanishida texnik imkoniyatlar, yuqori darajadagi xizmat ko'rsatish va alohida tibbiyot muassasalarida jamlangan yuqori darajadagi, tibbiyotning tor yo’nalishidagi mutaxassislari katta o’rin egallaydi.
Tibbiy turizm - davolanish yoki sog’lomlashtirilish maqsadidagi sayohat. Hozirda, dunyo bo'ylab harakatlanish ancha oson bo’lgan bir paytda, odamlar o'zlari uchun ma’qul bo’lgan, dunyoning har qanday nuqtasida joylashgan tibbiyot muassasasini tanlash imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar.
Tibbiy turizm nafaqat boshqa xorij davlatlarida tibbiy xizmatlarga ega bo’lishni, balki ichki imkoniyatlardan foydalanishni ham nazarda tutadi. Tibbiy turizmning quyidagi shakllari mavjud:
ICHKI – bir mamlakat fuqarolarining tibbiy xizmatlardan foydalanishi uchun o’z mamlakati hududlari orasida harakatlanishi;
TASHQI – tibbiy xizmatlar importi nazarda tutilib, bemor o'z tibbiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida chet elga safar qilishi;
KIRISH – tibbiy xizmatlarni eksport qilish maqsadida, chet ellik bemorlarga tibbiy xizmatlar ko’rsatish uchun ularni mamlakatga jalb qilish.
Tibbiy sayohatlar nafaqat muayyan davolanishga, balki kasallikni diagnostika qilishga ham qaratilgan bo’lib, shifobaxsh yoki yoshartiruvchi xususiyatga ega bo'lishi ham mumkin. Bunday sayohatlarda odamlar tibbiyot muassasasida davolanish bilan birga,  sayohat qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Tibbiy sayohatlarni bugun ko'pincha mehmonxonalar yoki bo’lmasa sog’lomlashtirish markazlari qo’shimcha ravishda taqdim etayotgan xizmat turlari bilan adashtiriladi. Biroq, tibbiy turizmnig asosida tibbiy xizmatlarga ega bo’lish uchun qilingan sayohat yotadi. Ba’zan esa, tibbiy turizmdan ko’zlangan asosiy maqsad – bu yuqori malakaga ega bo’lgan noyob mutaxassislardan yordam olishdir.
Bugungi kunda bunday imkoniyatni aynan biz – jahon miqyosida tan olingan va O'zbekiston Respublikasida yagona xalqaro akkreditatsiyaga ega bo'lgan Markazimiz yuqori malakali mutaxassislari jamoasi taqdim etadi.   

 

Полезные ссылки