Специальные возможности

Yangiliklar

OilyTheme

Amaliy hamkorlikni rivojlantirish Bugungi kunda neonatologiyada shoshilinch tibbiy yordamni takomillashtirish salbiy holatlarning oldini olishning eng muhim omili hisoblanadi.

Amaliy hamkorlikni rivojlantirish

 

Bugungi kunda neonatologiyada shoshilinch tibbiy yordamni takomillashtirish salbiy holatlarning oldini olishning eng muhim omili hisoblanadi. Shoshilinch neonatologiya xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishi diagnostika va davolash yordami hisoblanadi. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, neonatal xizmatni samarali tashkil etish va zamonaviy jihozlarning mavjudligi og‘ir kasallik bilan tug‘ilgan yangi chaqaloqlarga sifatli yordam ko‘rsatish imkonini beradi. Aynan shunday kompleks tizim demografik ko‘rsatkichlarni samarali yaxshilash imkonini beradi. “RIOvaBSIATM” DM oldiga qo‘yilgan yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib, yaqin va uzoq xorijdan kelgan hamkasblar bilan faol amaliy xalqaro hamkorlik olib borilmoqda. Shunday qilib, joriy yilning 2 fevral kuni Markazga Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Ona va bola” RIAM mutaxassislari tashrif buyurishdi. Markaz faoliyati bilan tanishgandan so‘ng belaruslik mutaxassislar “Neonatolog amaliyotida o'pka gipertenziyasi” mavzu bo‘yicha, “online” va “oflayn” formatida shifokorlar, klinik ordinatorlar, pediatrlar va neonatologlar uchun DM “RIOvaBSIATM” bosh muassasasi, shuningdek uning filiallari darajasida ma’ruza o‘tkazdilar.

Belarus delegatsiyasi, O‘zbekistonda tashrifi davomida, turli kasalliklarni davolashning zamonaviy usullaridan foydalanish, ma’muriy-boshqaruv masalalarni hal etish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida “RIOvaBSIATM” DMning Qashqadaryo filialida faoliyat olib boradi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston tibbiyot muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston mutaxassislari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Полезные ссылки