Специальные возможности

Yangiliklar

OilyTheme

ANESTEZIOLOG-REANIMATOLOGLAR UCHUN! RIAGIATM DM kadrlar tayyorlash bo‘limi

Sizni keyingi sertifikatlangan kursga taklif etadi: “Akusherlik va ginekologiyada zamonaviy anesteziologik qo‘llanma va shoshilinch intensive terapiya”.

Kursning maqsadi: Kursning maqsadi: akusherlik va ginekologiyada intensiv shoshilinch terapiya va zamonaviy anestetik vositalar bilan tanishtirish, bilim, ko'nikma va kasbiy malakalarni shakllantirish. Kursda massiv akusherlik qon ketishi, shok holatlari, preeklampsiya, sepsis, tromboembolik asoratlarni davolashda anesteziolog-reanimatologning zamonaviy yondashuvlari yoritilgan, akusherlik va ginekologiyada zamonaviy anesteziologik qo‘llanmalar batafsil muhokama qilinadi va va shuningdek, operatsiya xonasida master-klass ko’rsatib o‘tiladi.  

Tugatgandan so'ng sertifikat beriladi (54 kredit/soat – 9 kun).

Kurs kuratori: t.f.d., professor, Yevropa Anesteziologlar va Intensiv terapiya Jamiyati a’zosi (ESAIC – ID 113451), RIAGIATM DM anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limi rahbari Kim E.D.  

O’tkazilish sanasi: 2023 yil 20 – 29 fevral

O’tkaziladigan joy: O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi RIAGIATM DM.

Oldindan roʻyxatdan oʻtish va hujjatlarni topshirish uchun RIAGIATM DMning kadrlar tayyorlash boʻlimiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qiling: +99890 324 47 59, Dilorom Bobomuratovna (dushanbadan jumagacha soat 10.00dan 15.00gacha)

Полезные ссылки