Специальные возможности

Yangiliklar

OilyTheme

Homilalik tibbiyot bo'limi

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida fetal tibbiyot bo’limi mutaxassislari tomonidan navbatdagi yoqori texnologiyali homila ichi operatsiyasi o’tkazildi. Samarkand shahrida yashovchi fuqaro markazga yo’llanma tashxisi bilan murojaat qildi: Homiladorlik 1, 29 hafta. Xomila siydik chiqarish tizimi rivojlanish nuqsoni, orqa uretral klapan, ikki tomonlama ureterogidronefroz, megasistis. Bu patologiya xomila pastki siydik yo’llari yoki qovuq obstruksiyasining (LUTO) buyraklarning anomal rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Markaz fetal tibbiyot soxasida hamkorlik memorandumi asosida Berlinlik fetal tibbiyot markazi professori ishtirokidagi tekshiruv va maslahatlashuvdan so’ng xomila siydik tizimini yengillashtirish va surunkali buyraklar etishmovchiligini oldini olish maqsadida xomila ichi veziko-amnial shuntlash amaliyoti o’tkazishga qaror qilindi. Operatsiya muvaffaqiyatli o’tdi. Ertasi kuni UTT ijobiy dinamikani va LUTO patologiya belgilari pasayishini ko’rsatdi. Bemor ambulator kuzatuvga chiqarildi.

Полезные ссылки