Специальные возможности

Yangiliklar

OilyTheme

“Akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalari” II Yoshlar ilmiy-amaliy anjuman

“Akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalari”

II Yoshlar ilmiy-amaliy anjuman

Hurmatli hamkasblar!

“Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM sizlarni 2023-yil 28-aprel kuni bo’lib o’tadigan «Akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalari» II Yoshlar ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishga taklif etadi.

Anjumanga “akusherlik va ginekologiya”, “bolalar va o’smirlar ginekologiyasi” mutaxassisliklari bo’yicha klinik ordinatorlar va magistrlar taklif etiladi.

Anjuman davomida akusherlik, ginekologiya, perinatologiya va reproduksiyaning dolzarb masalalarini yosh mutaxassislar nuqtai nazaridan muhokama qilish rejalashtirilgan.

Anjuman tashkilotchilari:    O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM.

Anjumanning rasmiy tillari: o’zbek, rus va ingliz tillari.

Anjuman o’tkaziladigan manzil: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri

Anjuman o’tkaziladigan sana: 28 aprel 2023 yil.

Konferensiyada ishtirok etish shakllari:

              - Og’zaki taqdimot

              - Poster taqdimot

              - Tezis

              - Og’zaki yoki poster taqdimot va tezis

Anjumanda ishtirok etish va tezis nashr etish bepul hamda tashkiliy to’lov talab etilmaydi.

Konferensiyaning rasmiy telegram kanali:

 



Anjumanimizda yosh akusher-ginekologlarning ishtirokidan mamnun bo’lamiz va Sizga  omad tilaymiz!

Полезные ссылки