Специальные возможности

Yangiliklar

OilyTheme

 2023-yil faoliyati sarhisobi

    Bugungi kunda O'zR SSV "RIOvaBSIATM" DM xalqaro hamkorlik yo’nalishini amaldagi bitimlar, kelishuvlar va protokollar shaklidagi 20ta ikki tomonlama xalqaro hujjat asosida olib bormoqda. Ushbu hujjatlarning 6tasi Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozog'iston, Ukraina, Tojikiston davlatlari oliy ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari bilan bo’lsa, 14tasi tibbiyot tashkilotlari va muassasalari bilan imzolangan.
     Yuqoridagi hujjatlar asosida, Xalqaro bo'lim hamda chet ellik hamkasblar bilan hamkorlikda Markaz mutaxassislari uchun tashkil etiladigan professional xorijiy malaka oshirish o’quvlarini o'tkazish bo'yicha "Amaliy tadbirlar rejasi" shakllantirildi va tasdiqlandi. Jumladan, o'tgan 2023 yilda Markaz va uning hududiy filiallarining 50 mutaxassisi Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Turkiya va Germaniyada amaliyot o'tashgan bo’lsa, 46 nafar ma’muriyat tarkibidagi xodimlar va shifokorlar Rossiya Federatsiyasi, Belarus, AQSh, Qozog'iston, Qirg'iziston, BAA, Germaniya, Fransiya, Belgiya va Misrda bo'lib o'tgan turli darajadagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etdilar.
   O'tgan davrda, Markaz negizida amaliy seminarlar va ma'ruzalar o'tkazish uchun bosh muassasa katta va o'rta tibbiyot xodimlarining bilim va amaliy ko'nikmalarini oshirish maqsadida 10dan ortiq xorijiy ma’ruzachi, yuqori darajadagi mutaxassislar jalb etildi.
   Bundan tashqari, o'tgan yil davomida Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Ozarbayjon va Germaniyadan kelgan xorijiy hamkasblar ishtirokida 15ga yaqin amaliy mahorat darslari va kam invaziv jarrohlik amaliyotlari tashkil etildi.
    Shuningdek O'zR SSV "RIOvaBSIATM" DM xalqaro faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri yaqin va uzoq xorijdagi chet el fuqarolarini jalb qilish va bosh muassasada ular uchun yuqori sifatli tibbiy xizmatlar ko`rsatish sanaladi. Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida, o'tgan 2023 yilda Markaz tomonidan 1708 nafar chet ellik bemorga tegishli ambulatoriya va statsionar tibbiy xizmatlari ko'rsatildi.
    Hozirgi vaqtda, Markaz ACQH xalqaro akkreditatsiya komissiyasi qarori bilan akkreditatsiya maqomi (no 0007 ED-Z03, avgust 2022 - avgust 2025), shuningdek tegishli sertifikat va xalqaro namunadagi emblemalarga ega.

Полезные ссылки