Специальные возможности

Yangiliklar

OilyTheme

Klinik ordinatura 2024

Hurmatli abiturentlar!

2024-yil 22-iyuldan boshlab RIOvaBSIATM DM quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha klinik ordinaturaga qabul e’lon qilinadi:

  1. "Akusherlik va ginekologiya" bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha Davolash ishi va Kasbiy ta'lim - Davolash ishi
  2. “Qizlar va o‘smir qizlar ginekologiyasi” - Pediatriya ishi bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha
  3. “Neonatologiya” – Pediatriya ishi bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha.

Ushbu mutaxassisliklar bo'yicha ordinaturada o'qish muddati 2 yil.

Ta'lim shakli: kunduzgi, kontakt asosida.

Klinik ordinaturaga qabul komissiyasiga topshirish uchun zarur hujjatlar:

  1. Mutaxassisligi ko'rsatilgan holda Markaz direktori nomiga ariza
  2. Asosiy oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat yoki unga tenglashtirilgan hujjat (bakalavr diplomi)
  3. Asosiy oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatga qo‘shimcha (Bakalavriat diplomiga ilova)
  4. Tibbiy ma'lumotnoma - 086-U shakl
  5. Pasport (nusxasi)
  6. Chet tilini bilish haqidagi hujjat – milliy sertifikat (Davlat test markazi sertifikati) yoki xalqaro sertifikat (IELTS, TOEFL, Cambridge Assessment English FCE, Goethe-Zertifikat, TestDAF, DSD, DELF, TCF) (mavjud bo‘lsa)
  7. Qonun hujjatlariga muvofiq klinik ordinaturaga (ordinaturaga) qabul qilinganda imtiyozlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lsa).

 

Hujjatlar dushanbadan shanbagacha har kuni soat 9.00 dan 18.00 gacha 20-avgustni hisobga olgan holda, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132a-uy manzilida qabul qilinadi.

Kirish imtihonlarini (test va og‘zaki imtihon) o‘tkazish sanalari Markaz veb-saytida e’lon qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha mas’ul kotib: Pulatova Gulrux Alisherovna.  Tel.: +998909210031

Hujjatlar gulruhpulatova@gmail.com elektron manziliga yuborilishi mumkin

 

Ariza

Заявление

Полезные ссылки