“Shoshilinch akusherlik yordami” kursi 10 iyuldan 19 iyulgacha(54 kredit/soat)
Qo‘qon tumanlararo perinatal markazi bazasidao‘tkazildi.
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIАGIАTM DM) mutaxassislari kurstematikasi boʼyicha 2021 yilda tasdiqlangan harakatdagi Milliyklinik protokollar tavsiyalariga asoslangan kundalikmashgʼulotlarni olib bordi.
Kurs dasturi yangilandi va AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliyava boshqa mamlakatlarning akusher- ginekologik jamiyatlarining zamonaviy ma'lumotlari, Jahon sog'liqni saqlash tashkilotitavsiyalari va yuqori dalillar bazasiga ega nufuzli xalqaroko'rsatmalar asosida qo‘shimchalar kiritilgan.
Joylarda o‘tkaziladigan kursdan ko‘zlangan asosiy maqsadhududlardagi mutaxassislarni yaqindan tanishtirish, respublikamizda tibbiy yordam sifatini oshirish, onalar vaperinatal kasallanish va o‘limni kamaytirish imkonini beruvchidalillarga asoslangan aralashuv va texnologiyalarni amaliyotgajoriy etishdan iborat.