Специальные возможности

Yangiliklar

OilyTheme

Qozog‘iston Respublikasi milliy akusherlik, ginekologiya va perinatologiya markazi bilan hamkorlik

Ilm-fan, ta’lim, amaliy tajriba almashish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish sohasida o‘zaro hamkorlik borasida imzolangan Memorandum doirasida 2023-yil 12-14-iyul kunlari “Akusherlik, ginekologiya va perinatologiya ilmiy markazi” AJ boshqaruvi raisi Urazbayeva Gulfayruz Galimovna va uzluksiz ta’lim bo‘limi rahbari Nartayeva Muxabat Mominovna Toshkentga, “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasiga amaliy tashrif buyurishdi, unda ikki tibbiyot tashkiloti o‘rtasida keyingi hamkorlik masalalari va ilmiy loyihalar sohasida qo‘shma tadbirlarning keyingi ish rejasi ishlab chiqildi hamda ta’lim va perinatal yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash sohasida kelishib olindi.

Qozog‘istondan kelgan mehmonlarning tashrifi davomida:

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi – O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining normativ hujjatlariga muvofiq o‘z faoliyatini onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida faoliyat yurituvchi davlat muassasasi hisoblanadi.

– Markazda bemorlar uchun ham, shifokorlar uchun ham qulay shart-sharoit yaratilgani tufayli samarali va foydali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

– Markazda fetal tibbiyoti tashkil etilgan, bachadon ichi manipulyatsiyalar (masalan, astsit va homila gidrotoraksi uchun suyuqlik aspiratsiyasi) muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

– Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kuchli ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bu yerda klinik ordinatorlar tayyorlanadi, turli mutaxassislikdagi shifokorlar malaka oshiradilar, akusherlik xizmatida qo‘llaniladigan, tashxislash davolash va profilaktika bo‘yicha milliy klinik protokollar va standartlar ishlab chiqilmoqda.

Turli mamlakatlar shifokorlari o‘rtasida tajriba almashish tibbiyotning “ustunlaridan” biri hisoblanadi. Ushbu tashriflarning ahamiyatini ortiqcha baholab bo‘lmaydi. Ishonchimiz komilki, uchrashuv qozog‘istonlik mutaxassislar va ularning o‘zbekistonlik hamkasblari o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali hamkorlikning boshlanishi bo‘ldi.

Полезные ссылки