Bugun, 1-fevral kuni RIAGIATM DMda Akusherlik va ginekologiya markazi direktori, ilmiy-o‘quv va klinik bo‘limlari rahbarlari hamda BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillarining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida 2023-yilga mo‘ljallangan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish, bachadon bo‘yni saratonini skrining va erta tashxislash, respublikada onalar kasallanishi va o‘limini kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishga qaror qilindi.
Belgilangan vazifalarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi me’yoriy hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda belgilandi.
RIAGIATM DM ma'muriyati UNFPAning O'zbekistondagi vakolatxonasiga akusherlik xizmati tizimidagi ustuvor loyihalarni qo'llab-quvvatlagani uchun o'z minnatdorchiligini bildiradi va hozirda va kelajakda ham o'zaro manfaatli va samarali hamkorlikni davom ettirishga umid qiladi.