Специальные возможности

Yangiliklar

OilyTheme

Markazimiz mutaxassislari Qozog’istonda bo’lib o’tgan “Tibbiyotdagi sifat ko’rsatkichi bo’yicha xalqaro forum” ishtirokchilari qatorida

Joriy yilning 15 sentabr sanasida Qozog’iston Respublikasi poytaxtining “Astana hub” deb nomlanuvchi xalqaro texnoparki hududida, 17 sentabr – Butunjahon bemorlar xavfsizligi kuni”ga bag’ishlangan “Tibbiyotdagi sifat ko’rsatkichi bo’yicha xalqaro forum” bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – bemor xavfsizligi tushunchasini chuqurroq anglash, xavfsiz tibbiy xizmat ko'rsatishni ta'minlashda jamoatchilik ishtirokini oshirish, bemorlar xavfsizligi darajasini yuksaltirish va bemorlarga zararni kamaytirish bo'yicha global sa'y-harakatlarga hissa qo'shish, tibbiyotning barcha sohalariga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish, tegishli sertifikat va boshqa ramzlar shaklidagi xalqaro akkreditatsiyaning hamda ularni qo’llash bo’yicha reglamentlarni topshirish marosimini o’tkazish.
Ushbu xalqaro akkreditatsiyani qo’lga kiritish hamda yuksak e’tirofga sazovor bo’lish, xalqaro forumda hurmatli mehmon sifatida ishtirok etayotgan aynan Markazimiz xodimlariga nasib etdi. Xalqaro akkreditatsiya muassasa faoliyatida yuqori jahon standartlarini qo‘llash, ularga mos ravishda ish olib borish hamda xalqaro akkreditatsiya mutaxassislari tomonidan sinchkovlik bilan olib borilgan audit  natijasida qo‘lga kiritildi. Shu tariqa, “RIAGIATM” DM O‘zbekiston tibbiyoti tarixida yangi bosqichni ochib, o‘zi haqida jahon miqyosida baralla, baland ovozda e’lon qildi va respublikamizning barcha tibbiyot muassasalariga o’ziga xos o‘rnak bo‘ldi.
Xalqaro akkreditatsiya sertifikati va ramzlarini tantanali topshirish marosimida Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Qozog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Xalqaro akkreditatsiya markazi rahbariyati, xalqaro tibbiyot tashkilotlari vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.
Forum jarayonida ishtirokchilar o’z amaliy tajribalari bilan o’rtoqlashib, o’zaro fikr-mulohaza almashdilar.

Полезные ссылки