Специальные возможности

Филиаллар янгиликлари

OilyTheme

HUDUDLARDA "KASKADLI" TA'LIM

RIAGIATM DM filiali — Namangan viloyat perinatal markazining trenerlar jamoasi tomonidan viloyat tuman va shaharlarida qisqa muddatli treninglar o‘tkazilmoqda. Dastlabki trening 2 fevral kuni Namangan shahridagi 1-sonli ShTM negizida bo‘lib o‘tdi. 

Ta'lim jarayonida akusherlikda qon ketishi, preeklampsiya, kritik vaziyatlarda auditni tadbiq etish va boshqa masalalar yoritildi. 

Treninglar mazmuni va mundarijasi Milliy klinik protkollar asosida ishlab chiqilgan. 

Namangan VPM trenerlari 2023 yilning may oyi oxirigacha viloyatdagi barcha tug‘ruqqa ko‘maklashish muassasalarini ta'lim dasturi doirasida qamrab olishni rejalashtirishmoqda.  

Treninglar kadrlar malakasi, tibbiy yordam sifati, bemorlarning ko‘rsatilayotgan xizmatlardan ko‘ngli to‘lishi darajasini oshirish va akusherlik amaliyotidagi yondashuvlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish imkonini beradi.   

RIAGIATM DM ma'muriyati Namangan VPM xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va samarali faoliyatlariga zafarlar tilaydi.
 

Полезные ссылки