Fan
- Ilmiy tayyorgarlik
- Doktoranturaga qabul qilish talablari
- «RIOvaBSIATM» DM qoshidagi Ilmiy kengash
- «RIOvaBSIATM» DM qoshidagi Ilmiy kengash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son "Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi PQ-304-son "Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlashning huquqiy asosi hisoblanadi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti - oliy ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda OTM deb ataladi) yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarida (keyingi o‘rinlarda ITI deb ataladi) tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shaklida oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshirish tizimi.
Doktorant - OTM yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining tayanch doktoranturasiga yoki doktoranturasiga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs.

Tayanch doktorantura O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ixtisoslikni chuqur o‘rganish va ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgorlar uchun tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklidir.
Doktorantura - ishlab chiqarishdan ajralgan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ixtisoslikni chuqur o‘rganish va ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlar uchun tashkil etiladigan, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

Mustaqil izlanuvchi - OTM yoki ITMda mustaqil izlanuvchilik uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shaxs.
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida diplomdan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. (https://lex.uz/uz/docs/3213410?ONDATE=05.04.2022).

«RIOvaBSIATM»da doktoranturada o‘qish 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya mutaxassisligi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Doktoranturaga nomzodlarning hujjatlari 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.
O‘qish muddati - uch yil.
Doktoranturaga qabul markaz direktori tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Tayanch doktoranturaga nomzodlar belgilangan tartibda kirish imtihonlari asosida tanlab olinadi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va (yoki) xalqaro shartnomalariga muvofiq shartnoma asosida o‘qishga qo‘yiladi.

Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi:
- magistr diplomi yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha);
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotining asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnalda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlaridagi kamida ikkita ma’ruza tezislari.
Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- ma’lumotnoma-obyektivka;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- magistrlik diplomi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjatning nusxasini taqdim etadilar.
- fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarda olingan ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan;
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini yoki xorijiy davlatlarda olingan ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarni olganidan so‘ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan, shu jumladan fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotining asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola va ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlarning boshqa to‘plamlarida chop etilgan kamida ikkita tezis.
- ariza;
- ma’lumotnoma-obyektivka;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- chet elda olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar nusxasi;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya rejasining kengaytirilgan loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
Bo‘lim ish rejimi:
8.30 - 16.00 dushanba-juma
8.30 - 12.00 shanba
Aloqalar: E-mail: info@uzaig.uz, obs-gyn85@mail.ru
8.30 - 16.00 dushanba-juma
8.30 - 12.00 shanba
Aloqalar: E-mail: info@uzaig.uz, obs-gyn85@mail.ru
«RIOvaBSIATM» DM huzurida OAK raisining 2023-yil 30-noyabrdagi 672-son qaroriga asosan 14.00.01 - "Akusherlik va ginekologiya" ixtisosligi bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01 raqamli Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatmoqda.
«RIOvaBSIATM» DM huzuridagi ilmiy kengash raisi - «RIOvaBSIATM» DM direktori, t.f.d. Nadirxanova N.S.
Ilmiy kengash kotibi - b.f.n. Fayziraxmanova M.M.
«RIOvaBSIATM» DM huzuridagi ilmiy kengash raisi - «RIOvaBSIATM» DM direktori, t.f.d. Nadirxanova N.S.
Ilmiy kengash kotibi - b.f.n. Fayziraxmanova M.M.
«RIOvaBSIATM» DM huzurida - Markaz faoliyatini ilmiy-uslubiy, axborot-tahliliy va ekspert jihatdan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, olingan natijalarni klinik va ta’lim faoliyatiga joriy etish maqsadida tashkil etilgan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi kollegial organ.
«RIOvaBSIATM» DM Ilmiy kengash raisi, t.f.d., professor Asatova M.M.
«RIOvaBSIATM» DM raisi o‘rinbosari - ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, t.f.n. Nishanova F.P.
Ilmiy kengash kotibi - «RIOvaBSIATM» DM ilmiy kotibi, PhD Dauletova M.J.