«Oila va nikoh» ilmiy-maslahat poliklinikasi
- Poliklinikaning asosiy vazifalari
- Poliklinikadagi shifokorlar
- Poliklinika bo‘limlari
- Poliklinika xizmatlari
"RIOvaBSIATM" DMning "Oila va nikoh" ilmiy-maslahat poliklinikasi ambulator bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida ko‘p yillik amaliy tajribaga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan muassasadir.
Poliklinikaning asosiy vazifalari:
- o‘smir qizlar, fertil va perimenopauza yoshidagi ayollar, homiladorlar, reproduktiv tizimi patologiyasi bo‘lgan erkaklar bilan malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish
- ginekologik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va davolashning zamonaviy usullarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish
- sanitariya-gigiyena bilimlarini va sog‘lom turmush tarzini, to‘g‘ri ovqatlanishni, ona suti bilan oziqlantirishni targ‘ib qilish
- ayolning reproduktiv funksiyasini saqlash va tiklash
- yuqori xavfli homiladorlikni olib borish
- prenatal diagnostika
Poliklinikada qabulni quyidagilar olib boradi:
-
Akusher-ginekologlar
-
Urolog-androloglar
-
Genetik shifokor
-
Terapevt
-
Nefrolog
-
Kardiolog
-
Bolalar va kattalar nevrologlari
-
Stomatolog
-
Endokrinolog
-
Dermatovenerolog
-
Proktolog
Poliklinikada quyidagilar faoliyat yuritadi:
-
tiklovchi davolash bo‘limi - fizioterapiya (magnitoterapiya, lazeroterapiya, amplipuls, ultratovush, elektrorelaksatsiya, elektroforez, UBN va boshqalar).
-
menopauza yoshidagi muammolari bo‘lgan ayollarga yordam ko‘rsatuvchi "45+" kabineti.
-
mammografiya xonasi
-
Saraton oldi kasalliklari va bachadon bo‘yni saratoni skrining xonalari
-
Bolalar ginekologlari xonalari
Xizmatlarimizga quyidagilar kiradi:
- Muntazam tekshiruvlar va maslahatlar
- Siydik-tanosil tizimi infeksiyalarini tashxislash va davolash
- Hayz sikli buzilganda, ginekologik kasalliklarda yordam ko‘rsatish.
- Jinsiy rivojlanish bo‘yicha maslahatlar
- Ayollar va erkaklar bepushtligini davolash
- Estetik ginekologiya xizmatlari (gialuron kislotasi geli bilan katta jinsiy lablarning konturli plastikasi, biorevitalizatsiya usullari, siydik tuta olmaslikning oldini olish uchun "stress"-parauretral inyeksiya va boshqalar)
- Shaxsiy gigiyenaning to‘g‘ri usullarini o‘rgatish.

