Ultratovush diagnostikasi
Ona va bola salomatligi markazining "Oila va nikoh" ilmiy-maslahat poliklinikasi qoshida 9 ta ultratovush diagnostikasi xonasi mavjud. Tadqiqotlar jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy diagnostika tizimlarida olib borilmoqda.
Bo‘limda:
- homilador bo‘lmagan ayollarning kichik chanoq a’zolarini tekshirishda ginekologik patologiyani aniqlash
- sut bezlarining ultratovush diagnostikasi
- kichik ginekologik operatsiyalar davomida ultratovush nazoratini o‘tkazish
- laparoskopik operatsiyalarni bajarish davomida aniqlashtiruvchi diagnostik tadqiqotlar o‘tkazish
- rejali skrining tekshiruvlarini amalga oshirishda homiladorlikning I-II trimestrlarida homila rivojlanishining anomaliyalarini aniqlash
- I-II trimestrdagi homilador ayollarni ultratovush tekshiruvi aniqlash
- bachadon-yo‘ldosh va homila qon oqimi tomirlarining dopplerometrik tekshiruvlarini o‘tkazish
- tug‘ruqdan keyingi davrda kichik chanoq a’zolarining ultratovush diagnostikasi
- ichki a’zolar, tomirlar, yurakni ultratovush tekshiruvi
- ekstragenital ichki a’zolarni (oshqozon osti bezi, o‘t pufagi, buyraklar, buyrak usti bezlari, siydik pufagi, prostata bezi, yorg‘oq, qalqonsimon bez, sut bezlari, limfa tugunlari, bo‘yin yumshoq to‘qimalari, to‘sh suyagi, ko‘ks oralig‘i, plevra bo‘shliqlari, qorin aortasi, pastki kovak vena) ultratovush tekshiruvi
- Braxiotsefal arteriyalar, magistral venalar, pastki va yuqori qo‘llar arteriyalari va venalari, aorta, yonbosh arteriyalari va venalari, pastki kovak vena, buyrak arteriyalarining toq visseral tarmoqlari, buyrak venalari, moyak venalarini dopplerometrik skanerlash
Bo‘limda kardiotokografiya xonasi mavjud.
Bo‘limning ish tartibi: 8:30 - 14:00 (dushanba - shanba).
Shoshilinch bemorlar uchun navbatchi shifokor soat 17.00 gacha (dushanba - shanba) ishlaydi
Bo‘limga akusher-ginekolog Umarova N.A. mudirlik qiladi. Bo‘limda 10 nafar shifokor ishlaydi.
Shoshilinch bemorlar uchun navbatchi shifokor soat 17.00 gacha (dushanba - shanba) ishlaydi
Bo‘limga akusher-ginekolog Umarova N.A. mudirlik qiladi. Bo‘limda 10 nafar shifokor ishlaydi.
Bo‘lim xodimlari

Umarova Nodira Abduhakimovna
akusher-ginekolog shifokor, ultratovush tashxislash bo‘limi mudiri

Abidova Elmira To‘lqinovna
neonatolog shifokor

Kazanova Janna Vitalevna
akusher-ginekolog shifokor

Mamatqosimov Alisher Madaminovich
tibbiyot fanlari nomzodi, akusher-ginekolog shifokor

Muhitdinova Sabohat Nig‘matullayevna
akusher-ginekolog shifokor

Umarova G‘uzal Rahimjonovna
akusher-ginekolog shifokor

Sharipova Nigora Xayritdinovna
akusher-ginekolog shifokor

