Klinik ordinatura

Klinik ordinatura - kadrlarni qayta tayyorlash tizimiga tegishli ta’lim turi bo‘lib, shifokorlarning uzluksiz kasbiy ta’limi yagona tizimining tarkibiy qismidir.

Shifokorlarni klinik ordinaturada o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shifokor mutaxassisliklari nomenklaturasi bo‘yicha mutaxassisga qo‘yiladigan malaka talablari asosida tuzilgan har bir mutaxassislik bo‘yicha o‘quv rejasi va o‘quv dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘qitilayotgan mutaxassislikka muvofiq oliy kasbiy tibbiyot ma’lumotiga ega bo‘lgan, muayyan mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish uchun kirish sinovlaridan o‘tgan va "RIOvaBSIATM" DM direktorining buyrug‘i asosida klinik ordinaturaga qabul qilingan shaxs klinik ordinator bo‘lishi mumkin.

Shifokorlarni klinik ordinaturada o‘qitishning asosiy vazifasi sog‘liqni saqlash organlari va muassasalarida yoki xususiy amaliyot tartibida mustaqil ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
"RIOvaBSIATM" DM klinik ordinaturasida o‘quv faoliyati me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi va 3 ta dastur bo‘yicha amalga oshiriladi:
  • Akusherlik va ginekologiya
  • Bolalar va o‘smirlar ginekologiyasi
  • Neonatologiya
Klinik ordinaturada tayyorgarlik kunduzgi shaklda, asosiy ish joyidan ajralgan holda to‘lov asosida amalga oshiriladi. Klinik ordinaturada o‘qish muddati - 2 yil.
​O‘quv rejasi, mutaxassislikning o‘quv dasturi va klinik ordinaturada mutaxassislik bo‘yicha vrach kadrlarni qayta tayyorlash darajasiga qo‘yiladigan talablar yetakchi mutaxassislar guruhi tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Mutaxassis (klinik ordinator) tayyorlashning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish sifati o‘qitishning barcha bosqichlarida ichki nazoratni (o‘zlashtirishni joriy va oraliq nazorat qilish, attestatsiyadan o‘tkazish), shuningdek tashqi nazoratni (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat vakolatli organlari tomonidan) amalga oshirish yo‘li bilan baholanadi.
logo
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132-a
Biz bilan bog‘lanish
Call-markaz: +998 71 263 78 18
Email: info@uzaig.uz
Ish tartibi
Dushanba-Jum — 8:00-22:00
Shanba-Yaks — 9:00-21:00
Biz ijtimoiy tarmoqdamiz

Bizni kuzating: