Reproduktiv salomatlik va oilani rejalashtirish bo‘limi
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi negizida Reproduktiv salomatlik va rejalashtirish bo‘limi tashkil etildi 2023-yil 1-oktyabr. Ushbu sanaga qadar 2011-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasida Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi faoliyat yuritib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentyabrdagi 296-sonli qarori bilan Respublika ona va bola salomatligi markazi qoshidagi bo‘limga aylantirildi. Ona va bola salomatligi markazining 14 ta hududiy filiali negizida reproduktiv salomatlik va oilani rejalashtirish bo‘limlari faoliyat yuritmoqda.
- reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish va oilani rejalashtirish
- o‘smirlar bilan ishlash
- nikohlanuvchi shaxslarga maslahat berish
- Markaz filiallariga o‘quv-uslubiy yordam
- aholining tibbiy madaniyatini oshirish va tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash
- zamonaviy va xalqaro talablarga javob beradigan eng ilg‘or diagnostika va davolash standartlarini joriy etish
- xorijiy davlatlar tibbiyot muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
Bo‘limga reproduktiv salomatlik va oilani rejalashtirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Y.R.Eshonova rahbarlik qiladi. Bo‘limda 6 nafar shifokor faoliyat yuritadi.
Bo‘lim xodimlari

Eshonova Yulduz Ramazanovna
Reproduktiv salomatlik bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Xolmatova Shirin Shuxratovna
Akusher-ginekolog

To‘laganova Go‘zal Toymasovna
Akusher-ginekolog

Parmanova Asel Muratovna
Akusher-ginekolog

Ismoilova Kamola G‘aybullayevna
Akusher-ginekolog

Axmedova Dilbar Rustamovna
Akusher-ginekolog

Akbarova Gulchehra Baxtiyorovna
Akusher-ginekolog, ultratovush diagnostikasi shifokori

