2-sonli tug‘ruq bo‘limi
2-sonli tug‘ruq bo‘limi 3 ta blokdan iborat:
- tug'ruq bloki
- operatsion blok
- tug'ruqdan keyingi blok
Tug‘ruqxona blokida zamonaviy jihoz va anjomlar bilan jihozlangan 6 ta tug‘ruq xonasi mavjud.
Operatsion bloki 1 ta operatsiya xonasidan iborat.
Tug'ruqdan keyingi xonalarning soni 20 (bir o‘rinli, ikki o‘rinli, uch o‘rinli), 6 lyuks xonasi mavjud.
Bo'lim quyidagi tug'ruqlar bo'yicha xizmat ko‘rsatadi:
-
Normal
-
Asoratlangan
-
Muddatidan oldin
Tug'ish jarayonini boshqarishda xavfsiz onalik va samarali perinatal parvarish tamoyillari qo'llaniladi:
-
Maxfiylik va hurmat
-
Tug'ruq vaqtida sherikning mavjudligi
-
Tug'ruqni demedikalizatsiya qilish
-
Tug'ilish paytida og'riqsizlantirish, shu jumladan mintaqaviy behushlik (analgeziya) usullari qo'llaniladi.
-
Tug‘ruqdagi erkin pozitsiyalar
-
Ona suti bilan emizish
-
Ona va bolaning birgalikda bo‘lishi
Bo'lim mudiri birinchi toifali akusher-ginekolog shifokori Zeytullaeva Emiliya Rashidovna. Bo‘limda 3 ta shifokor faoliyat yuritmoqda, ulardan biri – tibbiyot fanlari nomzodi.
Bo‘lim xodimlari

Zeytullayeva Emiliya Rashidovna
2-akusherlik bo'limi mudiri, akusher-ginekolog shifokori

Zarefova Dilyara Ilsuyarovna
Akusher-ginekolog shifokori

Hasanova Guzal Abduazizovna
Akusher-ginekolog shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi



