Markaz haqida

01. Biz kimmiz
«Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasasi - O‘zbekiston Respublikasi onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatining bosh muassasasi, respublika ahamiyatiga molik ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasi bo‘lib, ilmiy-amaliy tibbiyot majmuidan iborat.
Markaz o‘z tarkibida ilmiy, davolash-diagnostika, ta’lim, ma’muriy-xo‘jalik va boshqa bo‘linmalarga ega.
Respublika hududlari va Toshkent shahrida Markazning 14 ta filiali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Markaz o‘z tarkibida ilmiy, davolash-diagnostika, ta’lim, ma’muriy-xo‘jalik va boshqa bo‘linmalarga ega.
Respublika hududlari va Toshkent shahrida Markazning 14 ta filiali faoliyat ko‘rsatmoqda.
02. Bizning maqsadimiz
03. Bizning tariximiz
04. Bizning afzalliklarimiz
- 1974-yil 1-oktyabrda Toshkent shahrida 2-sonli tug‘ruqxona negizida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi va SSSR Ministrlar Sovetining 1974-yil 23-avgustdagi 418-sonli qaroriga binoan O‘zbekistonda birinchi tug‘ruqqa yordam beruvchi va bir vaqtning o‘zida ta’lim-ilmiy muassasa - Akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Bu muassasa homilador ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga yordam berish hamda akusherlik, ginekologiya, perinatologiya va anesteziologiya-reanimatologiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-sentyabrdagi "Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida"gi PF-3923-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktyabrdagi "Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-700-son qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot instituti akusherlik va ginekologiya sohasida davolash-profilaktika, ilmiy-tadqiqot va uslubiy faoliyatni amalga oshiruvchi, respublika aholisiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi mustaqil ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasi sifatida belgilangan.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi "Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida"gi 145-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2009-yil 1-iyundagi 160-sonli buyrug‘iga muvofiq institut Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi deb qayta nomlandi.
- 2022-yilda Markaz O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida sifat bo‘yicha xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan va Xalqaro sifat sertifikatiga ega bo‘lgan.
- Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8 sentyabrdagi "Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-296-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika akusherlik va ginekologiya markazi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi hamda Respublika skrining markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi. Respublika hududlarida Markazning 14 ta filiali tashkil etildi.
- RIOvaBSIATM DM Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi, Respublika "Ona va bola" skrining markazi hamda O‘zbekiston Respublikasida Onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmati bosh muassasasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari:
-
yuqori sifatli va xalqaro standartlar talablari darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishga da’vat etilgan yuqori texnologik moddiy va ilmiy bazani, shuningdek, akusherlik-ginekologiya maktabini shakllantirish;
-
aholining akusherlik va ginekologiyada diagnostika, davolash va profilaktika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatishga bo‘lgan talabini qondirish.
-
respublika, viloyat tibbiyot muassasalari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida somatik kasalliklar, homilador va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni tekshirish, reproduktiv yoshdagi aholi o‘rtasida tug‘ma va irsiy kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qo‘yish, davolash va reabilitatsiya qilish yo‘nalishlarini rivojlantirish;
-
plastik va estetik ginekologiya, yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish;
-
tibbiyot kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonlarini muvofiqlashtirish;
-
yetakchi xorijiy markazlar bilan hamkorlikda fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish va ularning natijalarini keng joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
-
tibbiy turizm sohasida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish va yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash hamda ushbu xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish;
-
tashxis qo‘yish va davolashning milliy klinik protokollari va standartlarini ishlab chiqish;
-
o‘smirlarda reproduktiv a’zolar patologiyasida davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish;
-
sog‘lom oilani shakllantirish, ona va bola salomatligini muhofaza qilishning ilg‘or usullari va texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, erta prenatal va neonatal davrda tug‘ma va irsiy kasalliklarni aniqlash, bolalar o‘limi va tug‘ma nogironlikning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
-
respublikada onalar va go‘daklar kasalliklari hamda o‘limining oldini olish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan strategiyalarni keng joriy etish.
Markaz faoliyatini tashkil etish:
-
Markaz davlat muassasasi hisoblanadi
-
Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Ustavga amal qiladi.
-
Markaz faoliyatiga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor amalga oshiradi.
-
Markaz direktoridan, Markazning yetakchi tibbiyot va ilmiy xodimlaridan, shuningdek Sog‘liqni saqlash vazirligi vakilidan iborat tarkibda 7 kishidan iborat Markaz Kengashi Markazning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
-
Markaz va uning 14 ta hududiy filiallari O‘zbekiston Respublikasi tug‘ruqqa yordam beruvchi tibbiyot muassasalari faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Manzil: 100124, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132a-uy.
Murojaat uchun telefon: +998 71 263 78 33 (direktor kotibi).
Ish vaqti:
Ma’muriyat: dushanba-juma 8.30 - 17.00, shanba 8.30 - 16.00
- Ilmiy-ma’rifiy bo‘linmalar: dushanba-juma 8.30 - 16.00, shanba 8.30 - 15.00
- Ilmiy-maslahat oila va nikoh: dushanba-juma 8.30 - 16.00, shanba 8.30 - 15.00

