Tashkiliy-tahlil va statistika bo‘limi
Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya xizmati muassasalari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qiladi va nazorat qiladi.
Bo‘limning asosiy vazifalari:
- xizmat faoliyati, aholiga "akusherlik va ginekologiya" ixtisosligi bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatish sifati ustidan markazlashtirilgan nazoratni ta’minlash;
- Markaz va uning filiallari (bo‘limlari) da tibbiy hisob va hisobot tizimini ta’minlash va nazorat qilish;
- "Akusherlik va ginekologiya" ixtisosligi bo‘yicha aholi salomatligi holati va sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati to‘g‘risidagi tibbiy-statistik axborotni tahlil qilish;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki yuqori turuvchi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qo‘yilgan boshqa vazifalarni bajarish.
Hozirgi vaqtda bo‘lim tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
-
Tug‘ilish va perinatal o‘lim, kattalar o‘limi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomalarni Sog‘liqni saqlash vazirligi va FHDYo (O‘zMedInfo, IT-med) elektron bazasida ro‘yxatdan o‘tkazish.
-
Imtiyozli bemorlar/homiladorlar kontingenti hujjatlarini ro‘yxatga olish, olingan hujjatlarni viloyatlar, nozologiyalar, bo‘limlar bo‘yicha taqsimlash. Imtiyozli bemorlar kontingenti bo‘yicha oylik reestr, hisobotlar, yarim yillik va yillik hisobotlarni tayyorlash (SSG GUFEP, GULPU, GUOMID,).
-
Kasallik varaqalari, ma’lumotnomalar berish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, RIOvaRIATMga berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalari sarfi bo‘yicha yillik hisobot tayyorlash
-
Markaziy davlat arxivining "Arxivlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish, ish yuritish va hujjatlarni saqlash bo‘yicha tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq hujjatlarni taqsimlash va arxivlashtirish.
Bo‘limga shifokor akusher-ginekolog Axmedova Sh.A.
Bo‘lim xodimlari
Ahmedova Shirin Abdullayevna
Bo‘lim mudiri, vrach akusher-ginekolog, tibbiyot fanlari nomzodi

Baratova Mariya Turakulovna
Bo‘lim mutaxassisi, akusher-ginekolog shifokor

Yoqubova Nazokat Baxtiyorovna
Bo‘lim mutaxassisi, akusher-ginekolog shifokor

Mirzaahmedova Feruza Avazovna
Bo‘lim mutaxassisi

Xitayeva Hafiza Baysinovna
Bo‘lim mutaxassisi, akusher-ginekolog shifokor

Ergasheva Malohat Ravshanovna
Bo‘lim mutaxassisi

