2025-2026 O‘quv yili uchun klinik ordinaturaga qabul haqida

“RIOvaBSIATM” DM 2025-2026 o‘quv yili uchun klinik ordinaturaga qabul e’lon qiladi.
Hujjatlarni qabul qilish va kirish imtihonlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 18-iyuldagi “2025-2026- o’quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul qilish to‘g‘risida”gi 214-son buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.

2025-2026 o‘quv yilida qabul quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshiriladi:
  1. Akusherlik va ginekologiya – 28 o‘rin
  2. Bolalar va o‘smir qizlar ginekologiyasi – 8 o‘rin
  3. Neonatologiya – 8 o‘rin.
Barcha ajratilgan joylar bepul, klinik ordinatura uchun maqsadli kvotalar mavjud emas.

Hujjatlar elektron shaklda medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

medtoifa.ssv.uz tizimida mustaqil ravishda elektron anketa (soʻrovnoma)ni toʻldirishingiz va soʻrovnomaga quyidagi hujjatlarni ilova qilishingiz kerak:
  • oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (diplom yoki Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha tamomlaganlar uchun diplomdan ko’chirma), shuningdek unga ilova.
  • oliy tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomni nostrifikatsiyalash to‘g‘risidagi hujjat – O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va boshqa mamlakatlardagi oliy tibbiy ta’lim muassasalarini tamomlagan shifokorlar uchun (hukumatlararo kelishuvlar asosida tan olingan davlatlar bundan mustasno).
  • olis va borish qiyin bo'lgan hududlarda 3 yil ishlagan shaxslar uchun qabul qilinganda imtiyozlar beruvchi ma'lumotnoma.
Elektron hujjatlar 2025 yil 21 avgust soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Hujjatlarni kechayu kunduz yuklashingiz mumkin.

Dushanbadan shanbagacha soat 9.00 dan 18.00 gacha qabul komissiyasining masʼul kotibi hujjatlaringizni koʻrib chiqadi va qabul qilinganligi toʻgʻrisida SMS xabar yuboradi. Anketa noto‘g‘ri to‘ldirilgan yoki noto‘g‘ri hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsa, sizning medtoifa.ssv.uz manzilidagi shaxsiy kabinetingizga bildirishnoma yuboriladi. Bunday holda, ariza shakli va hujjatlarni xabarnomada ko'rsatilgan muddatlarga qayta yuklashingiz kerak.

BU MUHIM! Abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida bir nechta muassasalarda klinik ordinaturaga o‘qishga kirish uchun tanlovda qatnashishi taqiqlanadi.

Kirish imtihonlari 2025-yilning 26-29-avgust kunlari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini baholash markazi va uning hududiy bo‘limlarida kompyuter testlari shaklida bir bosqichda o‘tkaziladi. Test savollari soni 50ta. (terapiya, jarrohlik va akusherlik-ginekologiya bo’yicha – “Akusherlik va ginekologiya” mutaxassisligi abituriyentlari uchun, pediatriya, bolalar xirurgiyasi va terapiyasi bo’yicha – “bolalar va o‘smirlar ginekologiyasi” va “neonatologiya” mutaxassisliklari abituriyentlari uchun).
Imtihonlar haqida batafsil ma’lumot https://tmbm.ssv.uz/ saytida.

Klinik ordinaturaga qabul boʻyicha savollar bilan dushanbadan shanbagacha soat 9.00 dan 18.00 gacha quyidagi tel. orqali murojaat qilishingiz mumkin:

+998909210031 – Po’latova Gulrux Alisherovna (mas'ul kotib)
+998971430690 – Baxtiyorova Madina Baxtiyor qizi (kotib yordamchisi)
logo
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132-a
Biz bilan bog‘lanish
Call-markaz: +998 71 263 78 18
Email: info@uzaig.uz
Ish tartibi
Dushanba-Jum — 8:00-22:00
Shanba-Yaks — 9:00-21:00
Biz ijtimoiy tarmoqdamiz

Bizni kuzating: