Akusherlik yordami sifatini oshirish — amaliyotda

Akusherlik yordami sifatini oshirish — amaliyotda

2025-yil 10-noyabr kuni davlat rahbarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvida berilgan 63-sonli topshiriqlar bayonnomasi, shuningdek Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 26-dekabrdagi 400-sonli buyrug‘i hamda Prezident Administratsiyasi tomonidan tasdiqlangan 2026-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi doirasida Ona va bola salomatligi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbariyati va mutaxassislari Namangan viloyatida amaliy va o‘quv ishlarini olib bordilar.
 
Uch kun davomida Markazning Namangan viloyat filiali hamda tuman tug‘ruq majmualari shifokor-akusher-ginekologlari uchun “Akusherlik va reanimatsiyaning amaliy ko‘nikmalari” dasturi bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.
 
O‘quv jarayonida zamonaviy simulyatsion trenajyorlar olib kelinib, har bir ishtirokchi asosiy klinik ko‘nikmalarni bevosita amaliyotda bajarib ko‘rdi. Bunday ta’lim shakli onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning sifati, xavfsizligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
 
Shuningdek, Markaz mutaxassislari Namangan viloyatidagi tumanlararo perinatal markazlar, Uychi va Chartak tumanlarining tug‘ruq bo‘limlariga tashrif buyurdilar. Joylarda amaliy va maslahat yordami ko‘rsatilib, xalqaro standartlarni klinik amaliyotga joriy etish bo‘yicha uslubiy qo‘llab-quvvatlash amalga oshirildi.
 
Alohida e’tibor tug‘ruq xizmatini raqamlashtirish masalalariga qaratildi: mavjud muammolar o‘rganilib, tibbiy xizmatlar sifati va shaffofligini yanada oshirish uchun ularni hal etish yo‘llari ishlab chiqildi.
 
Bunday safarlar va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim hududlarda ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
Image
Image
logo
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132-a
Biz bilan bog‘lanish
Kol-markaz: +998 (71) 263-78-18
Poliklinika ro‘yxatxonasi: +998 (71) 263-78-29, +998 (71) 263-78-35
UZI ro‘yxatxonasi: +998 (71) 263-78-21
Ishonch telefoni: +998 (90) 012-36-63
Elektron pochta: info@uzaig.uz
Ish tartibi
Dushanba-Jum — 8:00-22:00
Shanba-Yaks — 9:00-21:00
Biz ijtimoiy tarmoqdamiz

Bizni kuzating: