Klinik holat: Plasentaning old joylashuvida xavfsiz tug‘ruq yo‘li bilan tug‘dirish
Bemor yil boshida Ona va bola salomatligi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining II tug‘ruq bo‘limiga plasentaning old joylashuvi tashxisi bilan yotqizildi. Ushbu holatda tabiiy tug‘ruq mumkin emas bo‘lib, tug‘ruq vaqtida kuchli qon ketish xavfi yuqori hisoblanadi.
Bemor holatining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, rejali operativ tug‘dirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mazkur patologiyada katta miqdorda qon yo‘qotish ehtimoli mavjud bo‘lgani sababli, operatsiya oldindan puxta tayyorgarlik bilan, zamonaviy qon tejovchi Cell Saver texnologiyasini qo‘llagan holda amalga oshirildi.
Operatsiya vaqtida bemor yo‘qotgan qon maxsus apparat yordamida yig‘ilib, tozalandi va qaytadan qon aylanish tizimiga qaytarildi. Bu esa donor qonini quyish ehtiyojini kamaytirishga va jarrohlik amaliyoti xavfsizligini oshirishga imkon berdi.
Operatsiya tajribali mutaxassislar jamoasi — akusher-ginekolog, anesteziolog-reanimatolog va neonatolog ishtirokida o‘tkazildi. Jarrohlik amaliyotining barcha bosqichlari hayotiy muhim ko‘rsatkichlar qat’iy nazorati ostida amalga oshirildi.
Klinik holatning murakkabligiga qaramay, operatsiya bachadonni saqlab qolgan holda o‘tkazildi. Tug‘ruqdan so‘ng tiklovchi jarrohlik bosqichlari bajarilib, bemorning reproduktiv a’zolarini saqlab qolishga erishildi.
Operatsiyadan keyingi davr asoratlarsiz kechdi. Ona va yangi tug‘ilgan chaqaloqning holati qoniqarli deb baholandi. Bemor mutaxassislar nazorati ostida uyiga javob berildi.
Xulosa:
Ushbu klinik holat Cell Saver kabi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, ko‘p tarmoqli mutaxassislar jamoasining muvofiqlashgan ishi eng murakkab akusherlik patologiyalarida ham xavfsiz tug‘dirishni amalga oshirish, ayol va bola salomatligini maksimal darajada himoya qilish imkonini berishini namoyon etadi.