Ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratoniga qarshi kurashish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi “Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 402-sonli qaroriga muvofiq, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida qoshida Sog‘liqni saqlash vazirligining Ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratoniga qarshi kurashish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 30-iyundan O‘zbekistonda Bachadon bo‘yni saratonini uyushgan skriningi va ko‘krak bezi tekshiruvi milliy dasturi ishga tushirildi.
Bugungi kunga kelib, dastur test rejimida ishlagan holda, jarayon davomida jalb qilingan tashkilotlarning o'zaro aloqalari mexanizmlari ishlab chiqilmoqda, ijrochilar va tashkilotchi - Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tuzatishlarni talab qiladigan tashkiliy va texnik murakkabliklar aniqlanmoqda.

Yig‘ilishda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Dasturda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni bartaraf etish mexanizmlari ishlab chiqildi.
p3.jpg
p5.jpg
logo
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132-a
Biz bilan bog‘lanish
Call-markaz: +998 71 263 78 18
Email: info@uzaig.uz
Ish tartibi
Dushanba-Jum — 8:00-22:00
Shanba-Yaks — 9:00-21:00
Biz ijtimoiy tarmoqdamiz

Bizni kuzating: