Professional jamoa tomonidan ona va bola hayoti saqlab qolindi
Joriy yilning 11-yanvar kuni og‘ir ahvoldagi 2003-yilda tug‘ilgan bemor A.R.A. Chilonzor tumanidan Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va Bola Salomatligi Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi Toshkent shahar filialiga olib kelindi.
Tibbiy tekshiruvlar natijasida bemorda pratserabral arteriyalar trombozi oqibatida yuzaga kelgan bosh miya infarkti, chap tomonlama gemiparez va dizartrik sindrom aniqlanib, holat ishemik insult bilan kechayotgani ma’lum bo‘ldi. Vaziyatni yanada murakkablashtirgan omil — birinchi homiladorlik, 39 haftalik va tug‘ruq jarayonining faol bosqichi edi.
Ona va homila hayotiga jiddiy xavf mavjud bo‘lgan ushbu holatda markazning tajribali shifokorlari, akusher-ginekologlar, anesteziologlar va boshqa mutaxassislar bir jamoa bo‘lib, tezkor va muvofiqlashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatdi. Ko‘p tarmoqli yondashuv natijasida ona va bola hayoti saqlab qolindi.
Bu voqea murakkab vaziyatlarda zamonaviy tibbiyot, professional mas’uliyat va insonparvarlik uyg‘unlashganda qanday yuksak natijalarga erishish mumkinligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Biz shifokorlarimiz bilan faxrlanamiz!