Respublika ona va bola salomatligi markazi ishchi guruhi tomonidan mamlakatimiz hududlarida monitoring o’rganishlar o’tkazildi

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori N.S.Nodirxonova boshchiligida Buxoro, Samarqand va Navoiy viloyatlarida o’rganishlar o‘tkazdi. Safar davomida mutaxassislar Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi namunaviy tumanlar – Narpay, Bulung‘ur, Buxoro, Shofirkon, Karmana va Qiziltepada bo‘ldi.

Quyidagilar faoliyatiga alohida e'tibor qaratildi:
  • ayollarda saraton kasalligini erta aniqlash maqsadida tashkil etilgan onkolonazorat xonalari;
  • onalar va yangi tug'ilgan chaqaloqlarga malakali tibbiy yordam ko'rsatadigan tumanlararo perinatal markazlar;
  • Tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotgan tug‘ruqxonalar.
Markaz mutaxassislari filial rahbarlari bilan birgalikda Samarqand viloyatining namunaviy Narpay va Bulung‘ur tumanlarida ham bo‘lib, tibbiyot muassasalariga ona va bola salomatligini muhofaza qilish, xalqaro standartlarga rioya etish, “Ishonch 2030” loyihasi doirasida yetkazib berilayotgan zamonaviy tibbiy jihozlardan samarali foydalanish borasida amaliy yordam ko‘rsatdi.

O’rganishlar davomida tug‘ruqxonalar va tumanlararo perinatal markazlar faoliyati baholanib, davlatimiz rahbarining 2024-yil 22-noyabrdagi “Ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 402-son qarori ijrosi monitoringi olib borildi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, tug‘ruqxonalar faoliyatini xalqaro talablar asosida tashkil etish yuzasidan mas’ul xodimlar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Monitoring natijalariga koʻra quyidagilarga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda:
  • ayollar va bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish;
  • onalar va chaqaloqlar o'limini kamaytirish;
  • 45 yoshdan oshgan ayollarga g'amxo'rlikni kuchaytirish;
  • onkologik kasalliklarni erta tashxislashning zamonaviy usullarini joriy etish;
  • Erta tug'ilgan va kam vaznli chaqaloqlarni parvarish qilishni yaxshilash.
Bu boradagi ishlar natijalari ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimini mustahkamlash, aholi o‘rtasida onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt aniqlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirishga muhim hissa qo‘shishi kutilmoqda.
1m.jpg
3m.jpg
5m.jpg
7m.jpg
2m.jpg
4m.jpg
6m.jpg
logo
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132-a
Biz bilan bog‘lanish
Call-markaz: +998 71 263 78 18
Email: info@uzaig.uz
Ish tartibi
Dushanba-Jum — 8:00-22:00
Shanba-Yaks — 9:00-21:00
Biz ijtimoiy tarmoqdamiz

Bizni kuzating: