Respublika Ona va bola salomatligi markazi va Samitivej xalqaro bolalar shifoxonasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
2025-yil 12-iyun kuni “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Tailandning Samitivej xalqaro bolalar shifoxonasi bilan hamkorlikda tibbiyot, ilmiy tadqiqot va kasbiy almashinuvni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Bitimdan ko‘zlangan maqsad tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sog’liqni saqlash menejmenti, bemorlar xavfsizligi, xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlash, bilim almashish va kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. Tomonlar klinik amaliyot, akademik hamkorlik va tibbiy tadqiqotlarni yaxshilashda qo’shma faoliyatga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Hujjat RIOvaBSIATM direktori N.S. Nadirxanova va Samitivej and BNH Hospitals bosh direktori oʻrinbosari, Samitivej xalqaro bolalar shifoxonasi direktori, doktor Surangkana Techapaitoon tomonidan imzolandi.