RIOvaBSIATMda sog’liqni saqlashda sun’iy intellekt bo‘yicha birinchi xalqaro o‘quv kursi o‘tkazildi
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari filiallarida “Sun’iy intellekt asoslari: xalqaro yondashuvlar va amaliy qo‘llash” mavzusida ilk xalqaro o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.
O’quv kursi tibbiyot mutaxassislarining zamonaviy raqamli texnologiyalar va ularni sog‘liqni saqlash sohasiga, xususan, RIOvaBSIATM va filiallari amaliyotiga tadbiq etish bo‘yicha bilimlarini kengaytirishga qaratilgan.

Kurs davomida ishtirokchilar sunʼiy intellekt tizimlarining fundamental tamoyillari va ularni diagnostika, bemorlar monitoringi va sogʻliqni saqlash sifatini boshqarishda qoʻllash boʻyicha xalqaro tajriba bilan tanishdilar. Sog‘liqni saqlashda sun’iy intellektdan etikaga rioya qilgan holda va xavfsiz foydalanish, shuningdek, uni Respublikaning tug’ruqqa ko’maklashuvchi muassasalarida joriy etish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Sun'iy intellekt tibbiyotga nimani beradi?
• Tasvirlar va testlar yordamida kasalliklarni erta va to’g’ri aniqlashga yordam beradi;
• Bemorning ehtiyojlariga moslashtirilgan individual davolashni tanlab beradi;
• muntazam ishlarni avtomatlashtirish orqali shifokorlarning ish yukini kamaytiradi;
• yangi dori vositalari va tadqiqotlarni yaratishni tezlashtiradi;
• tibbiy yordam sifati va xavfsizligini oshiradi;
• Teletibbiyotni chekka hududlar uchun qulayroq qiladi.
O’quv kursi yakuniga ko’ra, ishtirokchilarga xalqaro sertifikatlar topshirildi. Mazkur kurs O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlangan sog‘liqni saqlash tizimini raqamli transformatsiyasini jadallashtirishga qaratilgan 2025-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday o‘quv dasturlarini o‘tkazish tibbiyot xodimlarining raqamli savodxonligini oshirish va mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi