1-sonli tug‘ruq bo‘limi
1-sonli tug‘ruq bo‘limi 3 ta blokdan iborat:
- tug'ruq bloki
- operatsion blok
- tug'ruqdan keyingi blok
Tug'ruq bo‘limida 9 ta tug'ruq xonasi mavjud bo'lib, ulardan 1 tasida yuqori darajadagi qulaylik sharoitlari va jakuzi (lyuks) bilan jihozlangan hamda yana bir xonasi erta tug’ilgan chaqaloqlar uchun CPAP apparati mavjud xonalardir. Barcha tug‘ruq xonalari zamonaviy qulayliklar, mebel, sanitariya-gigiyena vositalari bilan jihozlangan. Har kuni bo'limda 10 tagacha tug’ruqlar qabul qilinadi.
Operatsion blok zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ikkita operatsiya xonasidan iborat.
Bo'limdagi tug'ruqdan keyingi xonalarning soni 25 ta: 3 ta bir o‘rinli yarim lyuks, 8 ta bir o‘rinli lyuks, 6 ta ikki o‘rinli polyuks, 8 ta bir o‘rinli superlyuks xonalaridir.
Bo'lim quyidagi tug'ruqlar bo'yicha xizmat ko‘rsatadi:
-
Normal
-
Asoratlangan
-
Muddatidan oldin
Tug'ish jarayonini boshqarishda xavfsiz onalik va samarali perinatal parvarish tamoyillari qo'llaniladi:
-
Maxfiylik va hurmat
-
Tug'ruq vaqtida sherikning mavjudligi
-
Tug'ruqni demedikalizatsiya qilish
-
Tug'ilish paytida og'riqsizlantirish, shu jumladan mintaqaviy behushlik (analgeziya) usullari qo'llaniladi.
-
Tug‘ruqdagi erkin pozitsiyalar
-
Ona suti bilan emizish
-
Ona va bolaning birgalikda bo‘lishi
Bo’lim mudiri oliy toifali akusher-ginekolog shifokori Sodiqov Shavkat Axmedovich. Bo‘limda 6 ta shifokor faoliyat yuritmoqda, ulardan 2 tasi – tibbiyot fanlari nomzodlari
Bo‘lim xodimlari

Sadiqov Shavkat Ahmedovich
Akusher-ginekolog shifokori, 1-akusherlik bo'limi mudiri

Ilyasov Aziz Baxtiyarovich
Akusher-ginekolog shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi, akusherlik blokining ilmiy rahbari

Asqarova Sohiba Vaitxanovna
Akusher-ginekolog shifokori

Gabrielyan Karina Grigoryevna
Akusher-ginekolog shifokori

Ruzmetova Zulxumor Sobirovna
Akusher-ginekolog shifokori

Malikov Aziz Nuriddinovich
Akusher-ginekolog shifokori

Po'latova Gulrux Alisherovna
Akusher-ginekolog shifokori, PhD

Siddiqova Lola Erkinovna
Akusher-ginekolog shifokori

Shamsiyeva Zulfiya Ilhamovna
Akusher-ginekolog shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi








