15-OKTYABR – BUTUNJAHON KO'KRAK BEZI SARATONIGA QARSHI KURASH KUNI

O'zingizga g'amxo'rlik qilish profilaktikadan boshlanadi!

Ushbu muhim sana doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 15-16 oktyabr kunlari ayollar uchun ko'krak bezi saratonini erta aniqlashga qaratilgan aksiya o'tkaziladi.

Quyidagi imkoniyatlardan BEPUL foydalaning:
 Mammolog maslahati;
 Endokrinolog maslahati;
 Mammografiya.

Erta tashxis qo'yish kasallikka qarshi kurashda muhim qadamdir. Tekshiruvni kechiktirmang va esda tuting: o'z sog'lig'ingizga g'amxo'rlik qilish - bu o'zingizga va yaqinlaringizga bo'lgan e’tibordir.

 Sana: 15-16 oktyabr
 Manzil: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

 O'zingiz uchun vaqt ajrating. Sog'lig'ingizni tekshirtiring va  saqlang!
logo
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132-a
Biz bilan bog‘lanish
Poliklinika ro‘yxatxonasi: +998 (71) 263-78-29, +998 (71) 263-78-35
UZI ro‘yxatxonasi: +998 (71) 263-78-21
Ishonch telefoni: +998 (90) 012-36-63
Elektron pochta: info@uzaig.uz
Ish tartibi
Dushanba-Jum — 8:00-22:00
Shanba-Yaks — 9:00-21:00
Biz ijtimoiy tarmoqdamiz

Bizni kuzating: