Namanganlik ayol ko'p yillar davomida qiyin sinovga duch keldi: u homilador bo'lar, ammo homila rivojlanmas edi. Bu vaqt ichida u ko'plab davolanish kurslaridan o'tdi: shifokorlar sababni infeksiyalar va qo'shimcha kasalliklarda qidirishdi, ammo uzoq kutilgan natija bo'lmadi.
Respublika Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga murojaat qilganidan keyin uning hayotida burilish bo’ldi. Keng qamrovli tekshiruv davomida mutaxassislar asl sabab - endokrin kasallik ekanini aniqladilar.
Gormonal muvozanatni tiklashga qaratilgan maqsadli davolanishdan so'ng, vaziyat keskin o'zgardi. Ayol nafaqat homiladorlikni muddatiga qadar ko'tarib, ikki nafar sog'lom farzandni bag’riga bosdi.
Muammo nimada edi?
Endokrin tizim ayolning reproduktiv salomatligida muhim rol o'ynaydi.
Gormonal buzilishlar:
* homilaning normal rivojlanishiga xalaqit berishi;
* o'lik tug'ilishga olib kelishi;
* homila tushishiga olib kelishi;
* embrion implantatsiyasi jarayonini buzishi mumkin.
Bunday holatlar ko'pincha uzoq vaqt davomida aniqlanmaydi, chunki ularning belgilari sezilmasligi mumkin. Erta tashxis qo'yish ona va bola salomatligining asosidir.
O'z vaqtida tekshiruv quyidagilarga imkon beradi:
* yashirin gormonal buzilishlarni aniqlash;
* homiladorlik asoratlarining oldini olish;
* sog'lom farzand ko'rish imkoniyatini oshirish;
* ayolning reproduktiv salomatligini ko'p yillar davomida saqlab qolish.
Bizning markaz xalqaro klinik ko'rsatmalarga asoslangan zamonaviy diagnostika va davolash usullaridan foydalanadi.
Shuni yodda tutish kerakki, avvalgi urinishlar muvaffaqiyatsiz bo'lgan taqdirda ham, sababni aniqlash va tuzatish mumkin.
Agar siz homiladorlik yoki oilani rejalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, mutaxassisga tashrifni kechiktirmaslikni tavsiya qilamiz.
Respublika ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi sog'lom onalik sari yo'lning boshlanishidir.