Yangi tug'ilgan chaqaloqlar reanimatsiyasi bo'yicha mahorat darslari

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yangi tug'ilgan chaqaloqlar reanimatsiyasi bo'yicha  amaliy mahorat darslari bo'lib o'tdi.

Ishtirokchilar chaqaloqqa hayotning dastlabki daqiqalarida shoshilinch yordam ko'rsatish algoritmlarini mashq qildilar: yangi tug'ilgan chaqaloqning holatini baholash, nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlash, ventilyatsiya qilish va reanimatsiyaning boshqa asosiy bosqichlari.

Amaliy ko'nikmalarga va tibbiy guruhning muvofiqlashtirilgan ishiga alohida e'tibor qaratildi, boisi og'ir vaziyatda har bir soniya muhim.

Ushbu oʻquvlardan asosiy maqsad - mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirish va yangi tug'ilgan chaqaloqlarga tibbiy yordam sifati va xavfsizligini oshirishdir.

Amalda mustahkamlangan bilim eng kichik hayotlarni ham saqlab qolishga yordam beradi.
logo
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132-a
Biz bilan bog‘lanish
Poliklinika ro‘yxatxonasi: +998 (71) 263-78-29, +998 (71) 263-78-35
UZI ro‘yxatxonasi: +998 (71) 263-78-21
Ishonch telefoni: +998 (90) 012-36-63
Elektron pochta: info@uzaig.uz
Ish tartibi
Dushanba-Jum — 8:00-22:00
Shanba-Yaks — 9:00-21:00
Biz ijtimoiy tarmoqdamiz

Bizni kuzating: