O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, xususan, direktor N.S.Nadirxanova boshchiligidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi vakillari sog'liqni saqlash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Vengriyada boʻldilar.
Tashrif davomida delegatsiya “Buda Health Centre” tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishdi, u yerda sog'liqni saqlashni boshqarish, sug'urta asosidagi tibbiyot, ta'minot tizimlari va tibbiy yordamni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari bo'yicha seminarlar va amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.
Shuningdek, Zemmelveys universitetida uchrashuv bo'lib o'tdi, unda kadrlar tayyorlash, akademik almashinuvlar va qo'shma ilmiy tadqiqotlar masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida universitet va RIOvaBSIATM o'rtasida menejment boʻyicha qo'shma ta'lim dasturini amalga oshirish va ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimi uchun operativ va strategik boshqaruv kadrlar zaxirasini yaratish to'g'risida kelishuvga erishildi.
Tashrif Vengriyaning OTP Banki va Ipoteka Bank ko'magida tashkil etildi hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va sog'liqni saqlash sohasidagi eng yaxshi amaliyotlarni almashishda muhim qadam bo'ldi.
Shu munosabat bilan, RIOvaBSIATM tomonidan O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirishda samarali hamkorlik va qo'llab-quvvatlash uchun AT “Ipoteka Bank”ka minnatdorchilik bildiramiz.

