«Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasasi 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul e’lon qiladi.
Hujjatlarni qabul qilish va kirish test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazligining 2026-yil 20-iyuldagi 232-son “2026/2027-o‘quv yilida klinik ordinatura (rezidentura)ga qabulni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
2026/2027-o‘quv yilida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:
|
Mutaxassislik |
Jami o‘rinlar |
O‘rinlar |
|
Akusherlik va ginekologiya |
10 |
Erkin |
|
Neonatologiya |
5 |
Erkin |
«RIOvaBSIATM» DM klinik ordinaturasida maqsadli qabul o‘rinlari nazarda tutilmagan.
Hujjatlar faqat elektron shaklda https://medtoifa.ssv.uz/ axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
https://medtoifa.ssv.uz/ axborot tizimida talabgor elektron arizani mustaqil ravishda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni yuklaydi:
-
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (yoki diplomdan koʻchirma - Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
-
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari hisoblanadigan, boshqa davlatlarda tibbiyot oliy taʼlim muassasalarini tugatgan shifokorlar uchun oliy tibbiy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjati belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilinganligi (hukumatlar oʻrtasidagi bitim bilan tan olingan davlatlar bundan mustasno) hujjati;
-
qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻqishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat (olis va chekka hududlarda uzluksiz uch yil ishlaganligi toʻgʻrisidagi hududiy sogʻliqni saqlash boshqaruvi organi tomonidan tasdiqlangan maʼlumot).
Har bir talabgor bir qabul mavsumida faqat 1 ta taʼlim muassasasi va 1 ta mutaxassislikni tanlashi mumkin.
Ariza va hujjatlarni kunning istalgan vaqtida, dam olish va bayram kunlarini ham o‘z ichiga olgan holda yuborish mumkin.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2026-yil 20-iyuldan 20-avgust kuni soat 23:59 ga qadar.
Kirish test sinovlari: 2026-yil 25-30-avgust kunlari.
Kirish test sinovlari bir bosqichli kompyuter test sinovi shaklida o‘tkaziladi.
Test sinovlari o‘tkaziladigan joy Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan e’lon qilinadi.
-
50 ta test savolidan iborat;
-
har bir to‘g‘ri javob 1,1 ball bilan baholanadi;
-
maksimal ball — 55 ball (100%).
Test savollari bazasi hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazining rasmiy veb-sayti — https://tmbm.ssv.uz/ da e’lon qilinadi.
Eng yuqori ballning kamida 30 foizini to‘plagan hamda reyting natijalariga ko‘ra tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida tanlovdan o‘tgan talabgorlar o‘qishga qabul qilinadi.
Ajratilgan oʻrin boʻyicha eng pastki oʻrinda teng ball olgan talabgorlarning barchasi toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etiladi.
Qabul jarayoniga oid savollar bo‘yicha 2026-yil 20-iyuldan 10-sentabrgacha, dushanba–shanba kunlari 09:00–18:00 oralig‘ida Call-markazga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 90 921-00-31 – Pulatova Gulruh Alisherovna
+998 97 146-43-23 – Erxanova Aziza Amirillayevna
+998 97 143-06-90 – Baxtiyorova Madina Baxtiyor qizi

