7 marotaba bachadon ichidagi qon quyish – va chaqaloqning dunyoga kelish baxti

RIOvaBSIATM mutaxassislari og'ir rezus nomuvofiqligi va homilaning gemolitik kasalligi bilan murakkablashgan homiladorlikni muvaffaqiyatli boshqardilar.

Bemor 22 haftaligida o'ta og'ir ahvolda markazga yotqizildi. Chaqaloqni qutqarish uchun fetal jarrohligi guruhi 7 marotaba bachadon ichidagi qon quyishni amalga oshirdi, bu esa og'ir homila anemiyasini bartaraf etdi va homiladorlikni to'liq muddatga uzaytirdi.

Chaqaloq 37 haftaligida dunyoga keldi. Tug'ilgandan keyin o'z vaqtida davolanish tufayli unga almashuv qon quyilishi zarur bo'lmadi.

Bu - Respublika ona va bola salomatligi markazidagi zamonaviy texnologiyalar, mutaxassislarning tajribasi va professionalligi tufayli qutqarilgan hayotning yana bir hikoyasidir.
Image
Image
logo
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132-a
Biz bilan bog‘lanish
Poliklinika ro‘yxatxonasi: +998 (71) 263-78-29, +998 (71) 263-78-35
UZI ro‘yxatxonasi: +998 (71) 263-78-21
Ishonch telefoni: +998 (90) 012-36-63
Elektron pochta: info@uzaig.uz
Ish tartibi
Dushanba-Jum — 8:00-22:00
Shanba-Yaks — 9:00-21:00
Biz ijtimoiy tarmoqdamiz

Bizni kuzating: