Nukus shahrida “O‘zbekistonda perinatal tibbiyot: bugun va ertaga” mavzusida II xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda
Unda mahalliy mutaxassislar bilan birga, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Shveytsariya, Portugaliya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston kabi 10 dan ortiq mamlakatdan xalqaro ma’ruzachilar ishtirok etmoqda.
Anjumanda homiladorlik va tug‘uruqning og‘ir oqibatlarining asosiy sabablari: akusherlik qon ketishi, preeklampsiya, sepsis, tromboembolik kasallik va boshqa og‘ir holatlar muhokama qilinmoqda. Ularni erta aniqlash, zamonaviy marshrutizatsiya, shoshilinch tibbiy yordam va tug‘uruqni xavfsiz amalga oshirish masalalari ham e’tibor markazida.
Alohida bo‘lim perinatal yo‘qotishlarni kamaytirish va yangi, ayniqsa, erta tug‘ilgan chaqaloqlar sog‘lig‘ini saqlashga bag‘ishlanadi.
Dasturning muhim qismi onalar va bolalar salomatligini asrash sohasini yangi bosqichga olib chiqish, aniq profilaktika choralarini muhokama qilishdan iborat.
Anjuman doirasida mahalliy mutaxassislar uchun mahorat darslari, ekspertlar sessiyalari va o‘quv modullari tashkil qilinayotgani alohida ahamiyatga ega.
SSV Matbuot xizmati.