Sog'liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston perinatal tibbiyot assotsiatsiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning Qashqadaryo viloyat filiali tomonidan tashkil etilgan tadbirda yetakchi tibbiyot mutaxassislari jam bo’ldi. Konferensiyada Sog'liqni saqlash vazirligi, sohaviy tibbiyot muassasalari, hududiy boshqarmalar vakillari, shuningdek, akusher-ginekologlar va birlamchi tibbiy yordam oilaviy shifokorlari ishtirok etmoqda.
So'nggi yillarda O'zbekistonda ona va bola salomatligi tizimini mustahkamlash bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Soha rivojiga qaratilgan islohotlar natijasida birlamchi tibbiy yordam takomillashtirilib, zamonaviy diagnostika va davolash usullari joriy etilmoqda hamda tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Konferensiyada muhokama qilinmoqda:
— ayollar uchun ambulatoriya yordamining dolzarb muammolari
— samarali yechimlar
— zamonaviy klinik yondashuvlar
— xalqaro tajriba
Asosiy maqsad birlamchi darajada samarali, zamonaviy va integratsiyalashgan akusherlik va ginekologik yordam tizimini ishlab chiqish, shuningdek, tibbiy xizmatlar sifatini va mutaxassislarning professional darajasini oshirishdir.
Bunday tadbirlar tajriba almashish, eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish, ayollar va kelajak avlod manfaatlari yo'lida sog'liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishga yordam beradi.