«RIOvaBSIATM» DM tibbiy yordam sifatini nazorat qilish hamda onalar va go‘daklar o‘limining oldini olish bo‘yicha tahliliy shtab o‘z faoliyatini boshladi

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Tibbiy xizmat sifatini ichki nazorat qilish hamda onalar va go‘daklar o‘limining oldini olish chora-tadbirlari tahliliy shtab-markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shtabning tashkil etilishi klinik jarayonlarni yaxshilash, asosiy ko‘rsatkichlarni monitoring qilish va tibbiy yordam ko‘rsatishning barcha darajalarida mas’uliyatni oshirish bo‘yicha tizimli ishlarda muhim qadam bo‘ldi. "O‘zinfokom" milliy provayderi ko‘magida markazning respublika bo‘ylab hududiy filiallari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va uzluksiz aloqani ta’minlaydigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Yangi tahliliy maydonda o‘rnatilgan so‘nggi avlod uskunalari real vaqt rejimida tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini kuzatish va tahlil qilish, keskin vaziyatlarga tezkor javob berish va profilaktika choralarini ko‘rish imkonini beradi.
Image
logo
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132-a
Biz bilan bog‘lanish
Call-markaz: +998 71 263 78 18
Email: info@uzaig.uz
Ish tartibi
Dushanba-Jum — 8:00-22:00
Shanba-Yaks — 9:00-21:00
Biz ijtimoiy tarmoqdamiz

Bizni kuzating: