RIOvaRIATM Respublika "Ona va bola" skrining bo‘limida "Tug‘ma gipotireozni erta aniqlash mezonlari va davolash standartlari" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda respublika bo‘ylab hududiy skrining bo‘limlarining endokrinolog shifokorlari ishtirok etdi.
Ushbu tadbir tug‘ma gipotireoz bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni erta tashxislash va standartlashtirilgan davolash masalalarida skrining xizmati mutaxassislarining kasbiy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga, shuningdek, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishidagi buzilishlarning oldini olish maqsadida tashxisni o‘z vaqtida aniqlash, tasdiqlash va o‘rinbosar terapiyani boshlash uchun idoralararo hamkorlikni takomillashtirishga qaratilgan.