Markaz mutaxassislari Keyptaunda bo‘lib o‘tayotgan FIGO Butunjahon kongressida ishtirok etmoqda

Ayni kunlarda Keyptaunda ayollar va onalar salomatligi sohasidagi eng muhim voqealardan biri bo‘lgan FIGOning 25-jahon ginekologiya va akusherlik kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur xalqaro forumda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi delegatsiyasi ishtirok etmoqda. O‘zbekistonlik mutaxassislarning bu kabi nufuzli anjumanda ishtirok etishi FIGOning global tashabbuslarida mamlakatimiz tibbiyotining o‘rni ortib borayotganidan dalolat beradi.

Kongress dasturi "Katta beshlik" deb nomlanuvchi asosiy yo'nalishlarni qamrab oladi:

• bachadon bo'yni saratoniga barham berish,
• onalar o'limini kamaytirish,
• tug'ruqdan keyingi qon ketishining oldini olish,
• ayollarni nogironlikka olib boruvchi jarrohlik udumlariga qarshi kurash;
• shuningdek, JSSTning kontratseptsiya va ayollar salomatligini yaxshilash bo'yicha tavsiyalarini amalga oshirish.

Forum yetakchi akusher-ginekologlar, tadqiqotchilar, xalqaro tashkilotlar vakillarini butun dunyo bo‘ylab ayollarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan tajriba almashish va yechimlarni aniqlash maqsadida birlashtirdi.
1n.jpg
2n.jpg
3n.jpg
logo
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132-a
Biz bilan bog‘lanish
Call-markaz: +998 71 263 78 18
Email: info@uzaig.uz
Ish tartibi
Dushanba-Jum — 8:00-22:00
Shanba-Yaks — 9:00-21:00
Biz ijtimoiy tarmoqdamiz

Bizni kuzating: